Realme global bozorga ikkita flagman smartfon tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  425
  •  04.06.2021 11:31

Realme global bozorga ikkita flagman smartfon tayyorlayapti

AnTuTu benchmarkining 2021 yil may oyidagi eng tezkor o‘nta flagman reytingiga kutilmaganda Realme GT modeli ham kirgan. Shu yilning 4 mart kuni namoyish qilingan ushbu qurilma Snapdragon 888 chipli eng arzon smartfon sifatida maydonga tushgan.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

Mazkur kompaniyaning bosh direktori Madhav Shet (Madhav Sheth) o‘zining Twitter-akkauntida yozishicha, Realme dunyo bozoriga chiqarish uchun ikkita kuchli smartfon tayyorlayapti. Mazkur qurilmalar Realme GT 5G Performance Flagship hamda Realme GT Camera Flagship nomlari ostida sotiladi.

Realme GT 5G Performance Flagship modeli joriy oydayoq namoyish etiladi va, katta ehtimol bilan, u o‘sha – Xitoyda chiqqan Realme GT rusumli 5G-flagmanining global versiyasi bo‘ladi.

Realme GT Camera Flagships flagmani iyulda taqdim etilishi aytilgan, ammo xususiyatlari noma’lum. Lekin nomiga qarab, uning kamerofon bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas.

O‘QING: Snapdragon 888 chipli va 144Hz AMOLED-ekranli AnTuTu «qiroli» bor-yo‘g‘i 470 dollarga baholandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.