realme GT 2 Pro smartfonining 1TB xotiraga ega bo‘lgan versiyasi sotuvga chiqariladi

realme GT 2 Pro smartfonining 1TB xotiraga ega bo‘lgan versiyasi sotuvga chiqariladi

realme GT 2 Pro qurilmasi yaqinda taqdim etilgan Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlanadi. Ishan Agarwal insayderining ma’lum qilishicha, smartfonning 1TB xotiraga ega bo‘lgan turi sotuvga chiqariladi. Shu paytga qadar hech qaysi realme smartfoni 1TB xotiraga ega bo‘lmagan edi. 

Ushbu haftada esa smartfonning texnik jihatlariga oid ma’lumotlar sizdirildi. Unga ko‘ra, GT 2 Pro qurilmasi 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi 6.7 dyuymli QHD+ rezolyutsiyadagi AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, smartfon LPDDR5 tezkor xotira, UFS 3.1 doimiy xotira, 125 vatt UltraDart quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, GT 2 Pro'ga Sony kompaniyasining 50MP IMX766 sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatiladi. Shuningdek, kamera modulidan 50 ultrakeng kamera hamda rezolyutsiyasi hozircha noma’lum bo‘lgan telefoto kamera o‘rin oladi. 

O‘QING: iQOO ham Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!