realme GT 2 Pro'ning renderlari e’lon qilindi

realme GT 2 Pro'ning renderlari e’lon qilindi

Bugun realme asoschisi va bosh direktori Skay Li brendning yangi flagman smartfoni GT 2 Pro deb nomlanishini tasdiqladi. Qurilma realme kompaniyasining hozirgi kundagi eng premium flagmani sifatida tasvirlangan va butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqariladi. 

OnLeaks insayderi esa smartfonning renderlarini taqdim etdi. Smartfon dizayni avvalgi realme GT va GT Neo2 qurilmalarinikidan ancha farq qiladi. Kameralar moduli gorizontal holatda joylashadi va korpusdan ancha bo‘rtib chiqib turadi. 

Kamera moduli ikkita 50MP kamera va bitta 8MP kameradan tashkil topgan. Uchala kamera Ricoh kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan GR linzalariga ega bo‘lib, ushbu linzalar yorug‘lik qarshiligini kamaytirishga iqtisoslashgan. 

Smartfonning korpusi metaldan ishlanadi hamda unga Snapdragon 8 Gen1 chipi o‘rnatiladi. Avvalroq ushbu qurilma AnTuTu'da bir milliondan ortiq ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, GT 2 Pro smartfoniga 6.51 dyuymli FHD+ AMOLED displeyi o‘rnatiladi. Displey, o‘z navbatida, 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilma LPDDR5 va UFS 3.1 xotira turlari hamda 125 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. 

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

O‘QING: AnTuTu ilovasi realme GT 2 Pro'ning texnik jihatlarini oshkor qildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!