realme GT 2 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

realme GT 2 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

realme GT 2 Pro smartfoni to‘rtinchi yanvar kuni taqdim etiladi. Qurilmaning to‘liq texnik jihatlari TENAA sertifikatlash jarayonida ma’lum bo‘ldi. 

Smartfonning RMX3300 hamda RMX3301 model raqamli versiyalari bo‘ladi. 

Qurilmaning korpus qalinligi 8.2 millimetr, og‘irligi esa 199 grammni tashkil qiladi. Smartfon 6.7 dyuymli QHD+ AMOLED displeyi hamda Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘ladi.

TENAA ma’lum qilishicha, GT 2 Pro qurilmasi 8/12GB tezkor xotira, 128/256/512GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan turlari mavjud. 

Avvalroq AnTuTu, GeekBench benchmarklari qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Shuningdek, qurilmaning 1TB xotiraga ega bo‘lgan turi ham sotuvga chiqishi xabar qilingan edi. 

Smartfonda umumiy to‘rtta: 32MP selfi kamera, 50MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera mavjud. 

Hozircha smartfonning akkumulyator sig‘imi hamda quvvlanish tezligi haqida hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q. Biroq smarfon 125 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. 

TENAA, shuningdek, realme GT 2 Pro ekranosti barmoq izi skaneriga ega bo‘lishini tasdiqladi. 

Smartfonning yangi renderlarida GT 2 Pro qurilmasi Master Edition'ga o‘xshab ketishi ma’lum bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, avvalgi renderlarni noto‘g‘ri bo‘lib chiqqanini ko‘rsatmoqda. 

O‘QING: realme 9 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.