realme GT 2 seriyasi taqdim etildi

realme GT 2 seriyasi taqdim etildi

realme kompaniyasi kecha o‘zining yangi GT 2 seriyasini taqdim etdi. Ushbu seriya GT 2 va GT 2 Pro smartfonlaridan tashkil topgan. 

O‘QING: Galaxy S21 FE taqdim etildi 

Pro model Qualcomm'ning eng so‘nggi Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan. Umumiy olganda, ikkala smartfonda ham yangiliklar yetarlicha. Dastavval, qurilmalarining dizaynidan boshlaymiz. 

Ikkita rangdagi GT 2 modellarining orqa paneli maxsus polimerdan ishlangan bo‘lib, unning yuzasi xuddi qog‘oz bilan qoplanganga o‘xshaydi. 

realme GT 2 Pro QHD+ rezolyusiyadagi 6.7 dyuymli yassi LTPO 2.0 AMOLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 1-120Hz adaptiv ekran yangilanish chastotasi va 1000Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi displey avvalgi AMOLED panellarga qaraganda 50% gacha kamroq quvvat sarflaydi.  

Shuningdek, displey 10bit rang va HDR10+ sertifikatllariga ega. Uni Gorilla Glass Victus shishasi himoyalab turadi. 

Qurilmalarning ichki texnik ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, realme GT 2 modeli Snapdragon 888 chipi, GT 2 Pro esa Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan. Pro model 12GB tezkor va 512GB doimiy xotiraga ega. 

Ikkala modelga ham asosiy kamera sifatida Sony kompaniyasining 50MP IMX766 sensori o‘rnatilgan. U optik surat barqarorlashtirgich funksiyasiga ega. Pro modelga ultrakeng kamera sifatida esa Samsung kompaniyasining 50MP JN1 sensori o‘rnatilgan.

Uchinchi kamera mikroskop kamera bo‘lib, xuddi Oppo Find X3 Pro kabi yaqinda turgan ob’yektni 40 karra yaqinlashtirish bilan ko‘rsatishi mumkin. GT 2 modeliga esa makro kamera o‘rnatilgan. 

Ikkala qurilma ham 65 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Gadjetlar Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

GT 2 seriyasi Paper White, Paper Green, Steel Black va Titanium Blue ranglarda taqdim etildi. 

Ularning narxi quyidagicha: 

realme GT 2 (8/128GB) - 425 dollar

realme GT 2 (12/256GB) 503 dollar 

realme GT 2 Pro (8/128GB) 613 dollar

realme GT 2 Pro (12/512GB) 787 dollar 

Ikkala model Xitoyda 8 yanvar sanasidan sotila boshlaydi. Ularning global versiyasi keyinroq sotuvga chiqariladi. 

O‘QING: Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!