realme GT 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme GT 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme'ning 2021 yilgi flagmani kompaniyaning Snapdragon 888 platformasida ishlovchi ilk qurilmasi hisoblanadi. Smartfon yuqori toifa texnik jihatlarga to‘la va ayni damda kishini bee’tibor qoldirmaydigan narxda sotiladi.

O‘QING: realme 8 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Qarshi oling: realme GT 5G. Smartfon Qualcomm'ning eng so‘nggi flagman chipida ishlaydi, biroq bu — devaysning ko‘plab maqtovga arzirli jihatlaridan biri xolos. Qurilma Samsung'ning namuna olish chastotasi 360Hz bo‘lgan 120Hz AMOLED ekrani bilan jihozlangan. Bundan tashqari, bir juft Dolby karnay, 65 vattda tezkor quvvatlanish imkoniyati ham bor. Smartfonga 65 vattlik SuperDart zaryadchigi qo‘shib beriladi.

Ushbu smartfonning orqa korpusiga realme uchta kamera va old tomonga bitta selfi kamera qo‘yishga qaror qilgan. Asosiy orqa kamera 64MP Sony IMX682 kamerasi bo‘lib, unga 8MP ultrakeng va 2MP makroobektivlar sherik qilingan. Old kamera rezolyutsiyasi esa 16MPga teng.

realme GT 5G'ni «flagman qotili» deb atash mumkin. Ushbu maqomga loyiq bo‘lish uchun smartfonda hamma narsa bor — flagmancha ekran, flagmancha unumdorlik, flagman kamera, flagman akkumulyator/quvvatlanish va «qotilona» narx.

realme GT 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 158.5x73.3x8.4 mm, 186g; shishadan ishlangan old va orqa panel, plastik rom.

> Displey: 6.43" Super AMOLED, 120Hz, 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 409ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680; Adreno 660.

> Xotira: 128GB 8GB RAM, 256GB 12GB RAM; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, realme UI 2.0.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.73", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.3, 16mm, 119˚, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: 16 MP, f/2.5, 26 mm (keng), 1/3.0", 1.0µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60/240 kadr/sek., giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 65 vatt tezkor quvvatlanish, 35 daqiqada 100% (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; 3.5 mm audio jek.

> Narxi: 430 dollardan boshlanadi.

Hech qaysi flagman qotili mukammal emas. realme GT ham bundan mustasno emas. Yuqori toifa o‘rta sinf smartfoni bo‘lgani uchun qahramonimiz chang/suvdan himoyaga ega emas, zum kamerasi yo‘q. Vaholanki, qurilma narxini inobatga olsak, bularga ko‘z yumsa bo‘ladi.

Qadoq tarkibi
realme GT 5G odatdagidan kattaroq, (sariq emas) qora qadoqda sotiladi. Qadoq ichidan 65 vattlik SuperDart quvvatlagich, 6.5A nominalli USBC kabeli, shaffof silikon g‘ilofi va qo‘llanmalar o‘rin olgan.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz