realme GT Master'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme GT Master'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Vaqti-vaqti bilan kompaniyalar smartfonlarning nomlash amaliyoti bilan bizni chinakamiga hayratda qoldirishadi. Pro, Max kabi so‘zlar deyarli o‘z ma’nosini yo‘qotgan bo‘lsa, Plus birinchi navbatda smartfon o‘lchamidagi farqni bildiradi. Bugun shunday noodatiy nomga ega bo‘lgan realme GT Master smartfoni bilan tanishamiz.

O‘QING: realme GT 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Foto: GSMArena

Ushbu smartfonni realme GT Explorer Master bilan adashtirib yubormaslik zarur. GT Explorer Master smartfoni GT Master'ning “akasi“ bo‘lib, yuqoriroq texnik ko‘rsatkichlarga ega.

realme GT Master smartfoniga 350 yevro to‘lab, 120Hz Super AMOLED displeyi, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 778G chipi hamda 65W SuperDart quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lasiz.

Smartfon kamerasi haqida so‘z borar ekan, qurilmaga 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera hamda 32MP selfi kamera o‘rnatilgan. Kamera texnik jihatlaridan, ushbu qurilma realme GT 5G smartfoniga o‘xshab ketadi.

realme GT Master'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.2x73.5x8.0mm, 174g, plastik rom.

> Displey: 6.43 dyuymli Super AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, 1000 nit yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 409ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm Snapdragon 778G 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (1x2.4 GHz Kryo 670 Prime & 3x2.2 GHz Kryo 670 Gold & 4x1.9 GHz Kryo 670 Silver); Adreno 642L.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, realme UI 2.0.

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP /1.8, 25mm, 1/2“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 16mm, 119˚, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 32MP, f/2.5, 26mm (keng), 1/2.74“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,300 mAs; 65 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 100% 33 daqiqada (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik) NFC, 3.5mm audio jek.

Barcha realme GT seriyasidagi smartfonlarda stereo karnay bo‘la turib, ushbu GT Master smartfoniga stereo karnay o‘rnatilmagan. Shuningdek, smartfonning romi ham plastikdan ishlangan.

Qadoq tarkibi

realme GT Master qora qutida sotiladi. Qutidan smartfon bilan birga 65 vattlik quvvatlash adaperi, USB-C kabeli hamda kulrang silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: realme 8 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!