realme GT Neo2'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme GT Neo2'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme kompaniya GT Neo modelini shu yilning mart oyida taqdim etgan edi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay kompaniya tomonidan GT Neo2 smartfoni e’lon qilindi.

O‘QING: realme 8s 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yangi smartfonni avvalgi avlod GT Neo bilan taqqoslasak, unga nisbatan kuchliroq chip hamda kattaroq sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

Foto: GSMArena

Shuningdek, smartfonning displey hajmi ham kattalashgan. GT Neo2 smartfoni 6.62 dyuymli displey bilan jihozlangan bo‘lib, uni Gorilla Glass shishasi himoyalab turadi. Smartfonning bazaviy tezkor xotirasi ham 8GB gacha oshgan hamda uni endi 65 vattda tezkor quvvatlash mumkin.

realme GT Neo2'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 162.9x75.8x9.0mm, 200g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqali panel palstik, plastik rom.

> Displey: 6 6.62 dyuymli AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1300 nit yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 398ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8250-AC Snapdragon 870 5G (7 nm): Sakkiz yadroli (1x3.2 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.80 GHz Kryo 585); Adreno 650.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB, USB-C 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, realme UI 2.0.

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, 1/1.73“, 0.8µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.3, 16mm, 119˚, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5, 26mm (keng), 1/3.09“, 1.0µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 65 vatt quvvatlash texnologiyasi 100% 36 daqiqada (reklamaga ko‘ra).

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC.

Smartfonning kamerlari o‘zgarmagan. Ular GT Neo modelidan olingan. Biroq ushbu kameralarning sifati chakki emas. Yangilik sifatida smartfonga flagman darajadagi Snapdragon 870 chipi o‘rnatilgan. Avvalgi GT Neo esa Dimensity 1200 chipi bilan jihozlangan edi. Bu o‘zgarishlar smartfon narxiga ham yetarlicha ta’sir o‘tkazgan.

Qadoq tarkibi

Qurilma katta qora qutida sotiladi. Unda smartfon uchun kerakli bo‘lgan barcha aksessuarlar o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

Jumladan, 65 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, matoviy g‘ilof smartfon bilan birga qadoq tarkibidan o‘rin olgan.

O‘QING: realme 8i'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!