realme GT Neo3 smartfoni taqdim etildi

realme GT Neo3 smartfoni taqdim etildi

realme kecha o‘zining GT Neo3 va uning 150W UltraDart quvvatlash texnologiyasiga ega versiyasini taqdim etdi. Ikkila model ham Dimensity 8100 chipi hamda 50MP asosiy kameraga ega. 

Smartfonga FHD+ rezolyutsiyadagi 120 gertsda ishlovchi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u HDR10+ imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga o‘rnatilgan 5 nanometrlik Dimensity 8100 chipi 8/12GB LPDDR5 tezkor xotira hamda 128/256GB UFS 3.1 xotira bilan integrallasha oladi. 

GT Neo3 modeliga asosiy kamera sifatida OIS funksiyasiga ega bo‘lgan Sony kompaniyasining 50 megapikselli IMX766 sensori o‘rnatilgan. Asosiy kameraga qo‘shimcha 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar ham o‘rnatilgan. Gadjet Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

realme GT Neo3 smartfoni 80 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, to‘liq quvvatlanish uchun qurilma 32 daqiqa vaqt sarflaydi. Qurilma qodog‘idagi 80 vattlik quvvatlash adapteri SVOOC standartini qo‘llab-quvvatlaydi va kichik kuchlanishda quvvatlanuvchi eski realme smartfonlariga mos keladi. 

Qizig‘i shundaki, yangi smartfonning 150 vatt UltraDart quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan versiyasi ham taqdim etildi. Unga 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, 50% quvvatlanish uchun qurilma 5 daqiqa vaqt sarflaydi. Ushbu natijaga erishish uchun realme zaryadlanish oqimini oshiruvchi maxsus texnologiyadan foydalandi. 

Kompaniya zaryad olayotganda akkumulyator harorati 43°C dan past bo‘lishini ta’minlaydigan maxsus haroratni boshqarish algoritmi ishlab chiqdi. realme smartfonning lityum akkumulyatori 1000 ta to‘liq zaryadlash tsiklidan so‘ng o‘z sig‘imining 80 foizini saqlab qolishini ta’kidlamoqda. 

Qurilma Black, Silverstone silver va Le Mans blue ranglarda taqdim etildi uning narxi quyidagicha: 

6/128GB - 314 dollar

8/128GB - 360 dollar

12/256GB - 408 dollar 

150 vatt quvvatlash texnologiyasi ega modelning narxi esa quyidagicha: 

8/256GB - 408 dollar

12/256GB - 440 dollar 

O‘QING: Redmi 10C smartfoni taqdim etildi