realme GT Neo3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme GT Neo3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme taklif qilayotgan GT Neo seriyadagi smartfonlar arzon narx evaziga yaxshi texnik ko‘rsatkichlarni taqdim etadi. O‘tgan yilgi GT Neo2 shubhasiz eng ajoyib smartfonlardan edi. Chunki qurilma yuqori sifatli displey, yuqori unumdorlikni taqdim etuvchi chip, tezkor quvvatlash texnologiyasi va katta hajmli akkumulyator bilan jihozlangandi. 

Bu yilgi GT Neo3 modelining narxi biroz oshdi, biroq u flagmanlarda bo‘lgan ayrim xususiyatlarga ega. Yangi modeldagi eng katta o‘zgarish deb quvvatlash texnologiyasini aytish mumkin. Smartfon endi 80 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator va 150 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega versiyalarda sotuvga chiqdi. 150 vatt bilan qurilma 5 daqiqada 50% zaryadlanishi mumkin. 

Foto: GSMArena 

Shuningdek, smartfonga Sony kompaniyasining yuqori sifatli IMX766 50MP sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatildi. Ushbu sensorni realme GT2 va GT2 Pro kabi flagmanlarda ham uchratish mumkin. Sensor optik stabilizatsiya bilan jihozlangan. 

realme GT Neo3'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 163.3x75.6x8.2mm, 188g; old shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha, plastik rom. 

> Displey: 6.70 dyuymli AMOLED, 120 gerts, HDR10+, 1080x2412 piksel rezolyutsiya, 20.1:9 forma faktori, 394ppi zichlik. 

> Chipset: MediaTek Dimensity 8100 (5 nm): Sakkiz yadroli (4x2.85 GHz Cortex-A78 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G610 MC6.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, realme UI 3.0. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50 MP, f/1.9, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8 MP, f/2.3, 15mm, 120˚, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2 MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16 MP, f/2.5, 26mm (keng), 1/3.09“, 1.0µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected]/60 kadr/sek, [email protected]/60 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek, gyro-EIS. 

> Akkumulyator: 5,000mAs; 80 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 100% - 32 daqiqada (oddiy versiya), 150 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 50% - 5 daqiqada (150 vatt versiya). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik). 

Smartfondagi 6.7 dyuymli AMOLED displeyi 120 gerts yangilanish chastotasi va HDR10+ imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. realme, shuningdek, displey yangilanish chastotasini boshqarib turuvchi maxsus displey protsessorini ishlab chiqdi. U energiyani tejashga yordam beradi. 

Foto: GSMArena 

Takomillashgan displey va kamera bilan bir qatorda GT Neo3 yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan Dimensity 8100 chipi bilan jihozlangan. Ushbu chip Neo2 modelidagi eski Snapdragon 870'ga qaraganda yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Aytgancha, realme GT Neo3 smartfoni Dimensity 8100 chipiga ega bo‘lgan ilk smartfon bo‘ldi. Chipning unumdorlik darajasini barqaror ushlab qolish uchun kompaniya smartfon ichiga katta sovutish tizimini kiritdi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon nisbatan kattaroq qutida keladi. Uning ichida 150 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va shaffof silikon g‘ilof bo‘ladi. 

Foto: GSMArena 

O‘QING: vivo X80 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!