realme GT Noe 3T smartfoni taqdim etildi

realme GT Noe 3T smartfoni taqdim etildi

realme o‘zining GT seriyasida GT Neo 3T modelini taqdim etdi. Yangi smartfon ko‘p jihatdan odatiy GT Neo3 modeliga o‘xshab ketadi. Farqli tomoni unga Snapdragon 870 chipi va 64MP asosiy kamera o‘rnatilgan.

Qurilma 120 gerts yangilanish chastotasida ishlovchi FHD+ rezolyutsiyadagi biroz kichraygan 6.62 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Smartfon, shuningdek, sariq yoki oq ranglardagi poyga bayrog‘idan ilhomlangan dizaynni hamda an’anaviy qora rangni taqdim etadi. 

Orqa paneldan 64MP asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP sath kamera o‘rin olgan. Snapdragon 870 chipi esa 8GB tezkor, 128/256GB doimiy xotira bilan birlashgan. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 3.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Akkumulyator sig‘imi va quvvlash texnologiyasi bo‘yicha yangi smartfon Neo3 modeli bilan bir xil, ya’ni unga 80 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Smartfonning narxi quyidagicha: 

8/128GB - 470 dollar

8/256GB - 510 dollar 

Shuningdek, GT Neo3 modeli endi Xitoydan tashqari boshqa davlatlarda ham sotila boshladi. Uning narxi esa quyidagicha: 

8/256GB (80 vattli versiya) - 650 dollar

12/256GB (150 vattli versiya) 750 dollar 

O‘QING: Poco o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.