realme GT2 Explorer Master'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

realme GT2 Explorer Master'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Yangi Master seriyasi bilan realme yana bir yangi o‘zgacha dizayndagi smartfonni taqdim etdi. realme GT2 Explorer Master modelining dizaynini yaratishda Naoto Fukasawa o‘rniga mashhur dizayner Jae-Jung bilan hamkorlik qilindi.

GT Explorer Master'dan farqli ravishda GT2 Explorer Master yuqori darajadagi o‘rta toifa smartfoni emas, balki kompaniyaning eng kuchli qurilmasi hisoblanuvchi flagman smartfoni bo‘ldi.

Smartfon dizayni haqiqatdan ham o‘zgacha. Biroq u faqatgina chiroyli dizayn bilan chegaralanib qolmaydi. Qurilma eng so‘nggi Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlangan. Unumdorlik darajasini oshirish uchun smartfonga sovutish tizimi ham o‘rnatilgan.

Shuningdek, smartfonning o‘ng yon tomonida o‘yin ishqibozlari uchun mo‘ljallangan ikkita barmoq izlarini sezuvchi maxsus joy bor. Ular maxsus belgi bilan belgilanmagan ya’ni dizayn elementlariga ta’sir qilmaydi.

realme GT2 Explorer Master'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 161.3x74.3x8.2mm, 195g; orqa panel shisha yoki eko charm, old panel shisha, alyuminiy rom.

> Displey: 6.70 dyuymli OLED, 120 gerts, HDR10+, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 393ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8475 Snapdragon 8+ Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.19 GHz Cortex-X2 & 3x2.75 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730.

> Xotira: 8/256GB, 12/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, realme UI 3.0.

> Kamera: Asosiy kamera: 50 MP, f/1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 50 MP, f/2.2, 15mm, 150˚; Mikroskop kamera: 3 MP, f/3.3, AF, 40x yaqinlashtirish.

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 100 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC; stereo dinamiklar.

Garchi kamera jihatidan realme GT2 Explorer Master modeli realme smartfonlari ichida eng zo‘ri bo‘lmasa-da, qurilmaga yaxshi darajadagi kamerlar o‘rnatilgan. Asosiy kamera 50MP IMX766 sensori bo‘lib, bu jihatidan Explorer Master modeli GT2 Pro bilan bir xil. Asosiy kamera yonidan 50MP ultrakeng va 3MP mikroskop kameralar o‘rin olgan. Avvalgi Explorer Master va GT2 Pro modellaridan farqli ravishda yangi smartfonning quvvatlash tezligi oshgan. Qurilma 100 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, smartfon to‘liq quvvatlash uchun 30 daqiqadan kamroq vaqt sarflaydi.

Afsuski, ushbu smartfon faqat Xitoy bozorida sotiladi xolos. Shunday bo‘lsa-da, GT2 Explorer Master haqiqatdan ham juda ajoyib smartfon.

Qadoq tarkibi

Smartfon katta qutida keladi. Uning ichida 65 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va kularnag silikon g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

G‘ilof bilan smartfon qo‘lda juda yaxshi o‘rnashib turadi. Ko‘rinishidan bu arzon silikon g‘iloflardan ancha farq qiladi.

O‘QING: Motorola dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfonni rasman taqdim qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.