realme GT2 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme GT2 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme GT2 seriyasi o‘tgan yili Xitoy bozori uchun taqdim etilgan edi. Ushbu seriya 2021 yilning mart oyida sotuvga chiqqan realme GT 5G modelining yangi avlodi hisoblanadi. 

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

GT2 va GT2 Pro modellari endi xalqaro bozorga ham sotuvga chiqdi. Ikki qurilma realme tomonidan ishlab chiqarilgan eng premium turdagi smartfonlardir. 

Foto: GSMArena 

Haqiqatdan ham, agar ularning texnik ko‘rsatkichlarini avvalgi GT 5G modeli bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, ancha yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. 

Misol uchun, GT2 Pro modeli 1-120Hz adaptiv chastotada ishlovchi LTPO2 AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Shuningdek, uning akkumulyator sig‘imi 5,000 mAs ga oshgan. 

realme GT2 Pro'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 163.2x74.7x8.2mm, 189g; Old shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel plastik/polimer, alyuminiy rom. 

> Displey: 6.70 dyuymli LTPO2 AMOLED, 120Hz, HDR10+, 1400 nit yorqinlik (maksimal), 1140x3216 piksel rezolyutsiya, 25.39:9 forma faktori, 509ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.50 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, realme UI 3.0. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 50MP, f/2.2, 15mm, 150˚; Mikroskop kamera: 3 MP, f/3.3, AF, 40x yaqinlashtirish. 

> Selfi kamera: 32MP, f/2.4, 26mm (keng), 1/2.74“, 0.8µm. 

> Video yozuv:  Asosiy kamera: 8K, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/240 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5000 mAs; 65 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 33 daqiqada (reklamaga ko‘ra). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC. 

O‘zgarishlar kamera texnik ko‘rsatkichlarida ham davom etadi. Sony kompaniyasining 50MP sensori qurilmaga asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. Samsung'ning 50MP sensori esa ultrakeng kamera sifatida o‘rnatilgan. Afsuski, qurilmada telefoto kamera mavjud emas. Uning o‘rni 40x yaqinlashtirish ob’yektiga ega bo‘lgan 3MP mikroskop kamera bilan to‘ldirilgan. 

Foto: GSMArena 

Naoto Fukusawa ismli dizayner realme GT Master modelini orqa panel dizaynini ishlab chiqqan edi. GT2 Pro'ning dizayni ham ushbu dizayner tomonidan yaratilgan. Orqa panel shisha bilan emas, balki qog‘ozga o‘xshash polimer material bilan qoplangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yechim havoga 35.5% kamroq zararli gazlar chiqaradi. 

realme haq, GT2 Pro modeli kompaniya tarixidagi eng premium toifadagi smartfon hisoblanadi. Qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u boshqa kompaniyalarning 1000 dollarlik smartfonlari kabi yuqori unumdorlikni taqdim etadi. 

Qadoq tarkibi 

realme GT2 Pro katta chiroyli qutida sotiladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, smartfonning orqa paneli biologik polimer materialdan ishlangani uchun bir million dona GT2 Pro ishlab chiqarish bu 3.5 million plastik butilkalar ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi. 

Foto: GSMArena 

Qurilma qutisidan smartfon bilan birga 65 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va kulrang silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

O‘QING: ZTE nubia Red Magic 7'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!