realme GT2'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme GT2'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

O‘tgan yilgi realme GT 5G modelining Pro versiyasi bo‘lmagan. GT 5G'ning o‘zi barcha yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan. Bu yil esa Pro model barcha premium jihatlarni o‘zida mujassamlashtira olgan. Oddiy GT2 modeli esa Pro model kabi bo‘lmasa-da, yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega. 

Foto: GSMArena

Oddiy model ayrim texnik jihatlar bo‘yicha Pro model bilan o‘xshash. Albatta u Pro model kabi LTPO2 displey hamda Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlanmagan. Snapdragon 8 Gen1 o‘rnini eskiroq Snapdragon 888 chipi egallagan bo‘lib, u ham smartfon uchun yuqori unumdorlikni taqdim etadi. 

realme GT2'ga o‘rnatilgan ultrakeng va makro kameralarning sifati uncha yaxshi emas, biroq qurilmaga asosiy kamera sifatida Sony kompaniyasining IMX766 50MP sensori o‘rnatilgan. Ushbu sensor ajoyib suratlarni olishga qodir. Selfi kamera rezolyutsiyasi 16 megapikselni tashkil qilasa-da, bu uning sifati yomon ekanligini ko‘rsatmaydi. 

realme GT2'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 162.9x75.8x8.6mm, 195g; old panel shish (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha yoki polimer, plastik rom. 

> Displey: 6.62“ AMOLED, 120Hz, HDR10+, 1300 nit yorqinlik 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktor, 398ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680; Adreno 660.

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB, UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, realme UI 3.0. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 119˚; Makro kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5, 26mm (keng), 1/3“, 1.0µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 65 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 100% - 33 daqiqa (reklamaga ko‘ra). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC. 

Dizayn, xotira, akkumulyator sig‘imi quvvatlash texnologiyasi bo‘yicha GT model Pro modeldan farq qilmaydi. Shunday ekan, ko‘pchilik Pro model kabi oddiy modelda ham LTPO2 paneli bo‘lishini kutgan edi. Biroq smartfon 120 gerts chastota va 1300 nit yorqinlikka ega oddiy AMOLED displeyi bilan jihozlangan. 

Foto: GSMArena

Ayrim texnik ko‘rsatkichlarni hisobga olmasak, GT2 va GT2 Pro modellari bir-biriga o‘xshaydi. Biroq ularning narxlari orasida katta tafovut mavjud. GT2 modelining narxi Yevropada 550 yevroni tashkil qiladi. 

Qadoq tarkibi 

Qutidan smartfon bilan birga 65 vatt quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Poco X4 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.