Realme ham o‘zining ekranosti kamerali smartfonini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  890
  •  23.09.2020 15:55

Realme ham o‘zining ekranosti kamerali smartfonini ko‘rsatdi

Xabaringiz borki, yaqinda ZTE ekranosti kamerali ilk tijoriy smartfon – Axon 20 5G modelini taqdim etgan. Lekin uning hali sotuvga chiqmasidanoq tarqalgan «jonli» suratlari hafsalani pir qilgan edi. Kuni kecha esa...

O‘QING: Maxfiy kamerali ikkinchi smartfonni umuman kutilmagan kompaniya taqdim etdi! (+video)

Endi bo‘lsa Realme brendi ham shunday texnologiyaga ega smartfon tayyorlaganiga ishora qildi. Kompaniya vitse-prezidenti va global marketing bo‘yicha prezidenti Syuy Si (Xu Qi) bugun Weibo tarmog‘ida bitta surat ulashdi.

Unda ekranining yuqori qismida old kamera uchun biror tirqish yoki kemtigi bo‘lmagan smartfon aks ettirilgan. Syuy Si suratga qo‘shimcha tarzda yozishicha, u bugun Realme tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limiga borgan hamda u yerda qiziq bir yangi gadjetni ko‘rgan.

Mazkur fotosurat kompaniyaning ekranosti kamerali smartfon taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildiradi. To‘g‘ri, bu smartfon kamerasi korpusning ichidan chiqadigan mexanizmga joylangan bo‘lishi ham mumkin, lekin bunaqa telefonlar ikki yildan beri chiqib kelmoqda. Realme esa foydalanuvchilarni qiziqtirish uchun bunaqa eski texnologiyali smartfon chiqarishi dargumon.

Aytish kerakki, Xiaomi kompaniyasi hatto ZTE’dan ham avval ekranosti kamera (yoki yashirin kamera) qo‘llanuvchi smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatgan edi. Kompaniyaning o‘zi taqdim etgan reklama videosidan tashqari, keyinchalik xitoylik bir texnobloger shu texnologiyaga ega smartfonni o‘zi «jonli» tarzda, marketing bezaklarisiz videoga olib e’lon qilgan. Uning qo‘lida «Xitoycha Apple»ning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining maxsus versiyasini ko‘ramiz.

O‘QING: Realme o‘yinbop, atigi 116 dollardan boshlanuvchi Narzo 20, Narzo 20A va Narzo 20 Pro smartfonlarini chiqardi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!