Realme ikkita yangi turdagi gadjetining taqdimot kunini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  310
  •  15.05.2020 15:40

Realme ikkita yangi turdagi gadjetining taqdimot kunini e’lon qildi

Oppo korporatsiyasi aynan Xiaomi’ning Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Realme Band smart-brasleti va yana «Xitoycha Apple»ning uch xil gadjeti «kushanda»larini va boshqa har xil qurilmalarni tayyorlab, ba’zilarini namoyish etib ulgurgan.

O‘QING: Realme avjiga chiqyapti: birdaniga sakkizta yangi gadjet!

Mazkur kompaniya 25 may kuni Blade Runner («Tig‘ uzra yuguruvchi») kodli nomi ostidagi smartfoni, poverbank va butkul simsiz quloqchin taqdim etayotgani ma’lum. Realme India ijrochi direktori Madhav Shet (Madhav Sheth) esa boyagina Twitter orqali yangi rasmiy posterni e’lon qildi.

Demak, ko‘pdan beri kutilayotgan Realme TV smart-televizorlari hamda Realme Watch rusumli «aqlli soat»ni ham kompaniya 25 may kuni bo‘lib o‘tadigan onlayn konferensiyada taqdim etmoqchi.

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Realme TV turkumiga displeyining o‘lchami turlicha bo‘lgan bir nechta «aqlli» televizor kiradi. Ular bir xilda Android TV operatsion tizimi va Mstar T16 protsessoriga, qadoqdanoq o‘rnatilgan Netflix servisiga, shuningdek, yoqimli narxga ega.

O‘QING: Nafaqat Google va Netflix, balki Apple ham O‘zbekistonda soliq to‘layapti!

Realme Watch’ga kelsak, bir necha xil rangdagi, IP68 standartiga ko‘ra himoyalangan korpusga ega. Rasmlarda uning o‘ng tomonida moddiy tugmachaga ko‘zimiz tushadi, ya’ni – uning yuzasini ekran to‘liq egallagan. IPS-displey diagonaliga 1.4 dyuymlik, tasvir aniqligi esa 320x320 piksellik ekani aytilmoqda.

Madhav Shet yaqindagina brendning birinchi smart-soatini taqqan holdagi suratini e’lon qilgan:

Realme Watch kompaniyaning o‘z operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlashini aytishmoqda. Uning 140 mA/soatlik batareyasi 7 kungacha avtonomlikni ta’minlaydi. Mazkur gadjet smartfonlarga Bluetooth 5.0 interfeysi orqali bog‘lanadi. Smartvoch sportning 15 xil turini kuzatib borish funksiyasi, pulsometr hamda qonning kislorod bilan to‘yinganligini aniqlovchi datchik bilan ta’minlangan.

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!