Realme ilk smart-soatini chiqardi: narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  697
  •  25.05.2020 13:51

Realme ilk smart-soatini chiqardi: narx va jihatlari

Oppo korporatsiyasining RealMe brendi birdaniga sakkizta devays taqdim etayotgani haqida yozgandik. Shulardan biri – Realme Watch rusumli aqlli soat narxiga nisbatan imkoniyatlari keng bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Realme eng kutilayotgan – «Tig‘ uzra yuguruvchi» smartfonining ayrim xususiyatlarini oshkor etdi

Realme Watch kvadrat shakldagi, diagonaliga 1,4 dyuymlik ekranga ega. Tasvir aniqligi 320x320 piksellik, zichligi esa har bir dyuymga 323 pikseldan to‘g‘ri keladi. Soatni boshqarish uchun korpusning o‘ng tomonida moddiy tugmachasi o‘rnatilgan.

Mazkur smartvotch uzluksiz tarzda (24/7 rejimida) yurak urishlari chastotasini kuzatib borishga, yana qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasini aniqlashga qodir. Realme Watch naq 14 xildagi jismoniy mashqlarni aniqlay oladi.

Ushbu aksessuar smartfon bilan Bluetooth 5.0 moduli orqali bog‘lanib, sana va vaqtni, ob-havo prognozini, ilovalar bildirishnomalarini, qo‘ng‘iroqlar va xabarlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Realme Watch yordamida smartfoningizdagi musiqa pleyerini boshqarishingiz, kamera zatvorini ishga tushirishingiz mumkin.

O‘QING: Tonometrning keragi yo‘q – qon bosimingizni smart-soat kuzatib boradi! (+video)

O‘zi arzon bo‘lsa-da, Realme Watch korpusi IP68 standartiga ko‘ra chang va namdan himoyalangan. Uning uchun yuzdan ortiq interfeys mavzulari ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchi smart-soatni to‘liq o‘z ko‘ngliga moslashtira oladi.

Narxiga kelsak, Realme Watch shu yilning 5 iyunidan, 52 dollarga teng narxda Hindistonda sotuvga chiqdi. Shuningdek, uning almashtirib taqiladigan tasmachalarini ham alohida, 6,5 dollardan olish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi quvvati 30 kunga yetuvchi, himoyalangan smart-soat taqdim etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!