realme kompaniyasi 100 dollarlik smartfonni taqdim etdi

realme kompaniyasi 100 dollarlik smartfonni taqdim etdi

realme o‘zining yangi Narzo seriyasida 50i Prime smartfonini taqdim etdi. Ushbu qurilma texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaqinda taqdim etilgan realme C30 smartfoniga o‘xshash. Ya’ni smartfon HD+ rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli LCD displeyi, Unisoc T612 chipi va 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan.

Dizayn jihatidan ham Narzo 50i modeli C30 smartfoniga o‘shaydi. Orqa panelda bitta 8MP asosiy kamera, old paneldan esa 5MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Smartfon Android 11 operatsion tizimiga asoslangan realme Go Edition grafik qobig‘ida ishlaydi hamda 2/3GB tezkor, 32/64GB doimiy xotiraga ega. Doimiy xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Qurilmada 3.5 mm audio jek va 10 vattda quvvat oluvchi micro USB porti mavjud. 

Smartfon Dark Blue va Mint Green ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

3/32GB - 99.99 dollar

4/64GB 109.99 dollar

Qurilma 27 iyun sanasida AliExpress onlayn do‘konida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Samsung endi Galaxy M13'ning 5G versiyasini taqdim etadi