Realme Narzo 30 taqdim etildi: xususiyatlari, narxi va videosi

  •   DiMaX
  •  2528
  •  18.05.2021 17:07

Realme Narzo 30 taqdim etildi: xususiyatlari, narxi va videosi

Oppo korporatsiyasining subbrendi kuni kecha to‘rt xil yangi gadjetining namoyish kunini va suratlarini e’lon qilgan edi. Bular – Realme Buds Wireless 2 hamda Realme Buds Wireless 2 Neo simsiz quloqchinlari, Realme Watch 2 Pro aqlli soati hamda Realme Pocket nomli Bluetooth-kolonkadir.

O‘QING: Bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 taqdim etildi

Biroq ulardan ham oldin Realme kompaniyasi Malayziyada yangi – Narzo 30 smartfonini namoyish qildi. Ushbu turkumning oldingi vakillari – Narzo 30A hamda Narzo 30 Pro 5G modellari 24 fevralda taqdim etilgan.

Shunday qilib, Realme Narzo 30 modelini 6.5 dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlashgan. Uning tasvir uzatishi FHD+ formatida, kadr yangilanishi 90 gerslik bo‘lib, korpus old yuzasining 90.5% qismini displey band etgan. Barmoq izi skaneri korpusning yon qirrasiga o‘rnatilgan.

O‘QING: Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?

Realme Narzo 30 ekranining tuynugiga 16 megapiksellik selfi sensori joylangan. Uchtalik bosh kamerada asosiy modul 48 MPlik bo‘lsa, unga yana har biri 2 MPlik oq-qora ob’yektivli sensor hamda makros’yomka datchigi hamrohlik qiladi.

o bu telefonini sakkiz yadroli MediaTek Helio G95 protsessor hamda 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlagan. Smartfonning doimiy xotirasi 128 GBlik, lekin uni microSD-karta yordamida yanada kengaytirish mumkin. Darvoqe, Realme Narzo 30 smartfonida xotira kartasi va ikkita SIM-karta uchun alohida-alohida uyachalar ajratilgan.

O‘QING: realme tanlov e’lon qildi: ishtirok eting va 10,000 AQSh dollarigacha pul mukofotiga ega bo‘ling!

Realme Narzo 30 akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatlik, uni USB-C porti orqali 30 vatttlik tezkor zaryadlasa bo‘ladi. Smartfonning korpusida standart quloqchin tirqishi, Wi-Fi 802.11 ac, Bluetooth 5.0 hamda NFC-modul mavjud.

Realme Narzo 30 savdosi Malayziyada 20 may kuni boshlanadi. Dastlab uni arzonlashtirilgan – 169 AQSh dollariga teng narxda sotishadi, keyin esa asl narxiga qaytadi – taxminan 192 dollar.

O‘QING: Dunyodagi eng arzon – atigi 153 dollarlik 5G-smartfon namoyish etildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.