Realme Q Snapdragon 712'ga ega bo‘ladi

Realme Q Snapdragon 712'ga ega bo‘ladi

Realme brendi 5-sentyabr kuni Xitoydagi taqdimot marosimida o‘zining Q seriyasidagi yangi smartfonlarini taqdim etishga shay turibdi. Kompaniya endilikda ma’lum qilishicha, ushbu gadjetlar Snapdragon 712 protsessorida ishlaydi.

Realme taqdimot marosimida to‘rtta yangi mahsulotni ko‘rishimiz mumkinligi haqida kecha ma’lum qildi. Biroq kompaniyaning taqdimot marosimi rejasidan yaxshi xabardor insayderning xabar berishicha, Q lineykasidagi asosiy qahramon Realme 5 Pro bo‘ladi.
Balkim, 5 Pro Q lineykasining bir qismi sifatida Xitoyda boshqacha nom bilan debyut qilinar.Rostdan ham shunday bo‘lib, Realme 5 Pro oddiyroq toifa smartfonlari Realme 5 va 64 megapikselli Realme XT bilan namoyish qilinadi deylik, lekin to‘rtinchi qurilma qaysi smartfon bo‘ladi? O‘ta arzon C lineykasiga yangi gadjet qo‘shilishini taxmin qilsak, adashmagan bo‘lamizmi?

Rasmiy taqdimotga qadar oldinda yetti kun bor. Mana shu muddat ichida Oppo'ning sub-brendidan yanada ko‘proq ma’lumot kutib qolamiz.

O‘QING: Geekbenchʼda imtihondan o‘tgan Realme 5 Pro'ning asosiy jihatlari oshkor bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!