Realme smartfondan boshqa gadjetlar bozorida ham Xiaomi’ga hamla qilyapti!

  •   DiMaX
  •  694
  •  09.10.2019 14:37

Realme smartfondan boshqa gadjetlar bozorida ham Xiaomi’ga hamla qilyapti!

«Xitoycha Apple»ning Redmi brendi mahalliy bozordan tashqari, Hindistonda ham smartfon sotishda yetakchi ekanini bilamiz. Ammo uning hamyurti bo‘lgan yana bir xitoylik kompaniya Samsung’dan o‘zib ketib, endi Xiaomi’ga ham chang solmoqda.

O‘QING: Redmi K20 Pro Premium ham «damini olaversin»: SD855+ chipli eng arzon flagman rekordlarga boy! (+video)

Oppo kompaniyasining subbrendi bo‘lgan Realme nafaqat mobil telefonlar, balki «aqlli» televizorlar bozorida ham Xiaomi bilan raqobatlashmoqchi. 91mobiles nashrining xabariga ko‘ra, u yaqin bir necha oy ichida Realme TV rusumli arzon televizorini taqdim etadi. Ular «Xitoycha Apple»ning Redmi TV devayslari bilan raqobatlashadi.

Mazkur gadjet birinchi bo‘lib Hindiston bozoriga chiqariladi, bu yerda arzon modellar juda xaridorgir. Realme TV turkumidagi birinchi televizor shu yilning dekabrida chiqishi aytilyapti, ammo uning texnik xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Realme TV’larning Hindistondan tashqarida ham sotilishi haqida gap-so‘z yo‘q. Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 1 155 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli televizorlarni sotib olish mumkin.

O‘QING: Smartfon, kompyuter va boshqa elektrotexnika jihozlari importini cheklashlari mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!