realme smartfonlarining 6-seriyasi va C3 telefoni yurtimizda sotuvga chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  3790
  •  20.07.2020 09:02

realme smartfonlarining 6-seriyasi va C3 telefoni yurtimizda sotuvga chiqyapti!

realme smartfonlarining 6-seriyasi va C3 telefoni yurtimizda sotuvga chiqyapti!

O‘zbekiston bozoriga realme brendining barcha turdagi smartfonlari taqdim etilgan: realme 6i’dan boshlab realme 6 Pro’gacha bo‘lgan barcha modellar, shuningdek hamyonbop realme C3 ham. Bular haqiqiy super smartfonlar, ularning har biri o‘z super kuchiga ega.

O‘QING: «Samsung, chetroq suril, Xiaomi, sen nariroqqa o‘t!» – realme ham «beli baquvvat» arzon smartfon chiqaryapti

Arzon va sodda ishlangan realme C3 modeli 5000 mA/soatlik super sig‘imdor batareyaga ega, bu qurilma quvvatni tejash imkoniyatlari bilan smartfoningizni oxirgi marta qachon quvvatlaganingizni unutishga imkon beradi! Uning diagonaliga 6,5 dyuymlik ekranida matn o‘qish, film tomosha qilish yoki videoo‘yinlar o‘ynash jarayonlarida HD+ displey sifati sizga unutilmas taassurot va qulaylik beradi. Smartfon 2,0 gigagersgacha chastotada ishlaydigan MediaTek Helio G70 protsessori bilan jihozlangan. Bu qurilmaning tez va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

realme 6-seriyasining kenja vakili – realme 6i modeli o‘yinlarning super qahramonidir. Smartfon MediaTek Helio G80 maxsus o‘yin protsessori bilan jihozlangan. 2,0 gigagers chastotasida ishlovchi 8 yadroli protsessor oldingi avlodiga qaraganda 35% ga yaxshi yadroli ishlashga va 17% yaxshi ko‘p yadroli ishlashga imkon beradi. 1000 megagerslik Mali G52 grafik chipi uning 25% kuchli ishlashini ta’minlaydi. Natijada yuqori sifatli tasvirlar paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Smartfon keng burchakli optikasi bilan 48 MPlik, sun’ik idrokli kvadrokamera va eksklyuziv AI Beauty algoritmiga ega 16 MPlik selfi-kamera bilan jihozlangan. U yuzlarni ongli ravishda aniqlay oladi va go‘zallik effektlarini sozlashi mumkin.

realme 6 – bu birinchi navbatda TikTok’ning super qahramoni! Ekrani 6,5 dyuymlik smartfon sizni 64 megapiksellik to‘rtburchakli kamera, keng burchakli, 16 megapiksellik old kamerasi bilan xursand qiladi va UIS videolarini barqarorlashtirish funksiyasiga ega. Umuman olganda, rasmga olish uchun kerak bo‘lgan hamma narsa mavjud. Batareyaning tugab qolishidan havotir olmang: qurilma tezkor 30 Vt quvvatlagich bilan jihozlangan va atigi bir soat ichida 100% quvvat oladi. Va har doim eng qiziqarli narsalarni tasvirga muhrlash uchun vaqtingiz bo‘ladi: telefoningizni ochish jarayonida barmoq izi skaneri bilan qulfini ochish atigi 0,29 soniya vaqtni oladi!

Mobil o‘yinlarning muxlislari ham realme 6’ni qadrlashadi. Qurilma yuqori ish qobiliyatiga ega olti yadroli MediaTek Helio G90T o‘yin protsessori bilan jihozlangan.

Ilgari faqat yuqori darajadagi telefon modellarigina 90 gerslik ekran bilan maqtanishlari mumkin edi. Endilikda o‘rtacha narx segmentidagi smartfon – realme 6 ham bu afzallikka ega bo‘ldi.

Va nihoyat super qahramon – realme 6 Pro modeli Qualcomm Snapdragon 720G mobil platformasidagi dunyodagi birinchi smartfondir. Pro-versiyali bu telefon standart realme 6’dan biroz kattaroq: ekran o‘lchami 6,6 dyuym. Smartfonning 64 megapiksellik, sun’iy ongli kvadrokamerasi 20 karralik gibrid zum va ultra keng burchakli optika bilan jihozlangan. Qurilma, shuningdek, zarbaga bardoshli Corning Gorilla Glass shishasi bilan himoyalangan ekrani, chayqalishdan muhofaza va 30 vattlik tezkor quvvat olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yuqoridagi smartfonlarning barchasi Android 10 asosida yaratilgan realme UI grafik interfeysiga ega, u yosh foydalanuvchilarning xohish va istaklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

realme smartfonlarini shahar bo‘ylab 20 iyuldan onlayn xarid qiling!

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.