Realme superflagmani 120 gerslik Samsung OLED-ekraniga ega va 125 vattlik tezkor quvvatlanadi!

  •   DiMaX
  •  982
  •  14.08.2020 11:32

Realme superflagmani 120 gerslik Samsung OLED-ekraniga ega va 125 vattlik tezkor quvvatlanadi!

«Xitoycha Apple» o‘zining o‘n yilligiga bag‘ishlab Xiaomi Mi 10 Ultra (yoki – Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition) superflagmanini taqdim etgan. Bundan tashqari, arzonchi brendning eng zo‘r flagmani – Redmi K30 Extreme Commemorative Edition (yoki Redmi K30 Ultra) ham ommaga ko‘rsatilgan.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

 Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun tashkil etilgan Realme brendi ham bo‘sh o‘tirgani yo‘q. Bu kompaniya ham o‘zining superflagmanini taqdimotga tayyorlamoqda va hozir uning suratlari bilan jamoatchilikning ichini qizdira boshlagan.

Yangi smartfonning Realme X3 Pro nomi ostida taqdim etilishi kutilmoqda va u superflagman desa arzigulik xususiyatlarga ega. Digital Chat Station nikli xitoylik taniqli insayderning yozishicha, kompaniya uni Samsung Display tayyorlagan ekran bilan ta’minlamoqda. OLED matritsali displeyda tasvir yangilanish chastotasi raqobatchi flagmanlarnikidek – 120 gersga teng.

Realme kompaniyasi yaqinda naq 125 vattlik UltraDart tezkor quvvatlash texnologiyasini taqdim etgan edi. Endi uning ilk bor Realme X3 Pro modelida qo‘llanishi kutilmoqda.

Avvalroq e’lon qilinishicha, Realme joriy yilning 3–5 sentyabr kunlari Berlin shahrida bo‘lib o‘tadigan IFA 2020 ko‘rgazmasida qatnashadi. Realme X3 Pro superflagmani ham o‘shanda namoyish etilsa kerak.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.