realme tanlov e’lon qildi: ishtirok eting va 10,000 AQSh dollarigacha pul mukofotiga ega bo‘ling!

realme tanlov e’lon qildi: ishtirok eting va 10,000 AQSh dollarigacha pul mukofotiga ega bo‘ling!

realme brendi nafaqat o‘zining hamyonbop smartfonlari, balkim muxlislar bilan doimiy aloqada bo‘lishi bilan ham tanilgan. Xuddi shunday, kompaniya ikkinchi marotaba xalqaro oboylar (ekran tasvirlari) tanlovini e’lon qildi.

O‘QING: Aloqa operatoridan zo‘r tanlov: raqsga tushib TikTok’ka yuklang va smartfon, planshet, smart-soat yutib oling!

Butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar, dizaynerlar va dizayn sohasida tahsil oluvchi talabalar tanlovda ishtirok etib, kuni kecha taqdim qilingan realme 8 5G smartfoni uchun ekran tasvirlari yaratishlari va 10,000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda pul mukofotiga ega bo‘lishlari hamda realme ofislarida amaliyot o‘tashlari mumkin.

Global tanlov allaqachon ochildi. Muddat: 2021-yil 12-iyun. Ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting:

QATNASHISH

Butun dunyo bo‘ylab realme foydalanuvchilari eng yaxshi dizaynga o‘z ovozlarini berishlari mumkin. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 200 ta ish dizaynerlar, realme'ning Mahsulot dizayni bo‘yicha direktori Naoto Fukusava, koreyalik grafik dizayneri Grafflex, realme Bosh ijrochi direktori Madhav Sheth va boshqalardan iborat komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Hay’at a’zolari kelib tushgan ishlarning kreativligi va ularda «Dare To Leap» shiori atrofidagi biror hikoya so‘zlanganini tahlil qilishadi. Jami 53 nafar g‘olib va ularning ishlari 2021-yil 12-iyul sanasida e’lon qilinadi.

realme bunday tanlovni ikkinchi marta o‘tkazmoqda. Kompaniya taqdim qilgan press-relizda ko‘rsatilishicha, birinchi tanlovga Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Tailand va Ispaniyadan bo‘lgan 5,500 nafardan ortiq qatnashchidan jami 7,500 dan ortiq ish kelib tushgan. Ovoz berish jarayonida esa 138,000 nafardan ortiq muxlis qatnashgan. realme'ning Marketing bo‘yicha bosh direktori Cheyz Syuyning ta’kidlashicha, realme «trend boshlab beruvchi dizaynlarga kuchli e’tibor qaratuvchi yosh brend»dir, tanlov esa insonlarni «atrofni tadqiq qilish va o‘zlarining san’atkorlik qobiliyatlarini namoyish qilish»ga undaydi.

O‘QING: Ilon Mask naq 100 million dollarlik tanlov e’lon qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!