Realme to‘rt xil yangi gadjetining namoyish kunini va suratlarini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  933
  •  17.05.2021 16:07

Realme to‘rt xil yangi gadjetining namoyish kunini va suratlarini e’lon qildi

Joriy yilning 1-choragida Yevropa bozorida smartfon sotish hajmini eng ko‘p – naq 183 foizga oshirgan brend Realme bo‘ladi. Mazkur kompaniya boshqa devayslar yo‘nalishida ham o‘zini ko‘rsatmoqda – yaqindagina u bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 smart-soatini taqdim etgan.

O‘QING: Namoyishidan avval anboksing videosida Realme Watch 2 texnik jihatlari bilan tanishing!

Realme kompaniyasi to‘rtta rusumdagi yangi qurilmalarini 20 may kuni taqdim etishini rasman e’lon qildi. Ulardan birinchisi – Realme Watch 2 Pro smartvotchi ham Realme Watch 2 kabi kvadrat dizaynga ega. Kuni kecha u FCC sertifikatsiyasidan o‘tganida ma’lum bo‘lishicha, akkumulyatorining tok sig‘imi kattaroq – 390 mA/soatlik ekan.

Realme Buds Wireless 2 simsiz quloqchini esa 2019 yili chiqqan Realme Buds Wireless modelining yangicha dizaynli davomchisi bo‘ladi. Realme Buds Wireless 2 Neo esa allaqachon Shri-Lankada rasman namoyish qilingan – uning dinamiklari diametriga 11,2 millimetrlik. Quloqchinning akkumulyatori 150 mA/soatlik bo‘lib, bitta to‘la quvvat bilan 17 soat ishlay oladi. Ushbu aksessuar Bluetooth 5.0 interfeysiga ega, korpusida suvdan saqlanuvchi IPX4 qoplamasi bor.

Va nihoyat to‘rtinchisi – Realme Pocket rusumli Bluetooth-kolonka bo‘lib, kichkina sumkachaga yoki shimning cho‘ntagiga sig‘ib ketaveradigan darajada ixcham bo‘ladi.

O‘QING: realme tanlov e’lon qildi: ishtirok eting va 10,000 AQSh dollarigacha pul mukofotiga ega bo‘ling!