Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  2395
  •  09.01.2020 16:24

Realme to‘rttalik kamerali arzon smartfonini va Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etdi

Xitoyning mahsuldor Oppo korporatsiyaga qarashli Realme brendining yutuqlari tahsinga loyiq. Kuni kecha u dunyodaagi eng arzon 5G-smartfon – Realme X50 5G flagmanini taqdim etgan edi, yana...

O‘QING: Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

Mazkur kompaniya endi bosh kamerasi to‘rtta modulli, narxi esa atigi 130 dollarlik Realme 5i smartfonini namoyish qildi. Uning diagonaliga 6,5 dyuymlik ekrani ustiga Corning Gorilla Glass 3+ himoya shishasi yotqizilgan. Displeyning tasvir aniqligi HD+ formatida (1600x720 piksellik) bo‘lib, yuqori qismidagi tomchisimon kemtigida 8 megapiksellik old kamera joylangan.

Realme 5i bosh kamerasi esa to‘rtta sensorni o‘z ichiga oladi: ulardan sosiysi – 12 megapiksellik Sony IMX386 sensori (f/1,8) hisoblanadi. Bitta qo‘shimcha datchik 8 megapiksellik bo‘lib, keng burchakli (119 daraja; f/2,25) optika bilan qo‘llangan. Yana har biri 2 megapiksellik ikkita moduldan biri makros’yomka uchun, ikkinchisi esa – tasvirga olinayotgan sahna chuqurligini o‘lchash uchun qo‘llanadi.

O‘QING: 2019 yilning so‘nggi flagmani allaqachon rekord o‘rnatdi – bu Xiaomi yoki Samsung emas!

Ushbu smartfonga Snapdragon 665 protsessori o‘rnatilgan – ushbu chipset 2,0 gigagersgacha chastotali sakkizta Kryo 260 yadrosini hamda Adreno 610 grafik tezlatgichini o‘z ichiga olgan. Realme 5i tezkor xotirasi 4, doimiysi esa 64 gigabaytlik, yana microSD uchun uyacha ham bor.

Yangi devays ColorOS 6.1 grafik qobig‘i ostidagi Android 9.0 (Pie) operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Unda Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 5 adapterlari, GPS/GLONASS/Beidou priyomnigi, FM-tyuner, Micro-USB porti hamda standart quloqchin tirqishi mavjud.

Daktiloskopik skaner orqa panelga o‘rnatilgan, akkumulyatori baquvvat – naq 5000 mA/soatlik. Realme 5i korpusi 165,4x75,6x9,3 millimetrlik o‘lchamga va 198 grammlik vaznga ega. Kompaniya uni Hindiston bozorida sotishni mo‘ljallagan, boshqa mamlakatlarda savdoga chiqishi haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: 2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari (Master Lu reytingi)

Mazkur smartfon taqdimoti so‘ngida Realme India ijrochi direktori Madhav Shet (Madhav Sheth) yana uch xil devaysini ko‘rsatdi. Ulardan birinchisi brendning ilk fitnes-brasleti bo‘lib, uni Xiaomi Mi Band bilan raqobatlashish uchun ishlab chiqishgan:

O‘QING: Realme smartfondan boshqa gadjetlar bozorida ham Xiaomi’ga hamla qilyapti!

Madhav Shet suratda namoyish etgan yana bir qurilma – Realme brendining portativ akkumulyatori, ya’ni poverbank hisoblanadi:

Va nihoyat, firmaning o‘z ranglaridagi Realme simsiz quloqchinlari ham e’tiborga loyiq:

Ta’kidlash kerakki, Oppo kompaniyasi aynan Xiaomi korporatsiyasining Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Uning faolligidan ko‘rish mumkinki, «Xitoycha Apple» cho‘chisa arziydi...

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!