Realme X2 Pro chindan ham Geekbench testida Redmi Note 8 Pro’ni «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  2004
  •  10.10.2019 14:55

Realme X2 Pro chindan ham Geekbench testida Redmi Note 8 Pro’ni «yer tishlatdi»!

Oppo kompaniyasining arzonchi brendi – Realme aynan «xitoycha Apple»ning Redmi brendiga raqobatchi sifatida tashkil etilgan. Ishlab chiqaruvchi kutganidek, u smartfondan boshqa gadjetlar bozorida ham Xiaomi’ga hamla qilyapti!

O‘QING: Redmi K20 Pro Premium ham «damini olaversin»: SD855+ chipli eng arzon flagman rekordlarga boy! (+video)

Ushbu kompaniya keyingi haftada taqdim etayotgan Realme X2 Pro flagmanini Xiaomi’ning so‘nggi modellaridan biri – Redmi Note 8 Pro smartfoni «kushandasi» sifatida talqin qilishyapti.

Bugun – 10 oktyabr kuni Geekbench ma’lumotlar bazasida Realme X2 Pro tekshirib ko‘rilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Snapdragon 855 Plus protsessorining bitta yadrosini ishlatganida u 3562 ball, barcha yadrolari ishtirokidagi testda esa 10428 ball olgan:

Realme X2 Pro eng yuqori versiyada 12 gigabaytlik, LPDDR4X turiga mnsub tezkor xotiraga hamda 256 gigabaytlik UFS 3.0 turidagi ichki xotiraga ega. Benchmarkda ayni shu ilg‘or flagman samaradorligi tekshirilgan.

O‘QING: Geekbench’da yangi rekord: Kirin 980 va Snapdragon 855+ chipli barcha flagmanlar «damini olaversin»!

Aytish mumkinki, Oppo ushbu smartfoni bilan Redmi Note 8 Pro modelini mahv eta olgan – uning Geekbench’dagi ko‘rsatkichlari birmuncha past:

Realme X2 Pro texnik xususiyatlari ma’lum bo‘lsa-da, hozircha uning narxini bilmaymiz. Xiaomi esa yaqindagina eng ilg‘or protsessor bazasida yana bitta, eng arzon flagman namoyish etganki...

O‘QING: Redmi K20 Pro Premium taqdim etildi va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!