Realme X2 Pro haqida yangi ma’lumot e’lon qilindi

Realme X2 Pro haqida yangi ma’lumot e’lon qilindi

Bugun sal oldinroq Realme kompaniyasining shartnomachi hamkori Snapdragon 855 Plus protsessorida ishlovchi Realme X2 Pro smartfoni haqida ma’lumot e’lon qilgan edi. Shundan yana bir necha soat o‘tib, kompaniyaning Mahsulot bo‘yicha direktori ham Weibo'da buni skrinshot bilan tasdiqladi.

Postda "Milliy kun uchun kichik sovg‘a: #X2Pro ni qarshi oling" deyilgan. Postga biriktirilgan skrinshotdan ko‘rish mumkinki, qurilmada 60Hz va 90Hz'lardan birini tanlash imkonini beruvchi tugmacha bor.Bu Derek Uangning smartfon displeyi haqida birinchi marta ma’lumot berishi emas. Oy boshida, janob Uang Realme 90Hz chastotali displeyga ega smartfon ustida ishlayotgani va u OnePlus 7T'dan arzonroq bo‘lishi haqida aytgan edi. (Qizig‘i, OnePlus, Oppo, Realme va Vivo'larning hammasi BBK Electronics'ga tegishli zavodlarda chiqariladi).Weibo'da ulashilgan skrinshot qora fonda. ColorOS 6 interfeysida Qora rejim bo‘ladimi yoki postda atayin shunday qilinganmi-yo‘qmi bunisi hozircha qo‘rong‘iligicha qolmoqda.

Realme oxirgi bir necha oylardan buyon o‘zining yangi operatsion tizimi haqida gapirib kelayotgan edi. Kompaniya bu operatsion tizimni tayyorlab bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

Realme X2

Agar Realme displey borasida OnePlus'ning yo‘lini tutsa, demak, Realme X2 Pro'ning ekrani Realme X2'ning 6,4 dyuymli displeyidan ancha takomillashgan bo‘ladi. 64 megapikselli asosiy va 32 megapikselli selfi kameralarda esa hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligi kerak.

O‘QING: "Jamoa! Brigada! Bizga qo‘shil!": Xiaomi, Vivo, Oppo va Realme birlashishdi!