Realme X7 hamda X7 Pro chiqdi: $265 dan boshlanuvchi, 64 MPlik kvadrokamerali 5G-smartfonlar

  •   DiMaX
  •  2444
  •  02.09.2020 14:05

Realme X7 hamda X7 Pro chiqdi: $265 dan boshlanuvchi, 64 MPlik kvadrokamerali 5G-smartfonlar

Xiaomi kompaniyasining o‘n yillik yubileyida arzonchi brendning eng zo‘r flagmani – Redmi K30 Ultra (yoki Redmi K30 Extreme Commemorative Edition) ham taqdim etilgan edi. Oppo korporatsiyasi aynan shu Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun tashkil etgan Realme kompaniyasi ham qarab turgani yo‘q...

O‘QING: Redmi K30 Ultra kushandasi – Realme X7 Pro ham tayyor: taqdimot kuni, «jonli» surat va xususiyatlari

Realme kompaniyasi kecha – 1 sentyabr kuni o‘rta narx toifasidagi Realme X7 hamda Realme X7 Pro smartfonlarini namoyish etdi. Ularning ikkalasi ham MediaTek protsessorlariga asoslangan: standart modelida Dimenisty 800U bo‘lsa, uning Pro-versiyasida flagman – Dimensity 1000+ chipseti qo‘llangan.

Dimensity 800U degani – hamyonbop 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan yangi yakka kristalli platforma, bo‘lib, oddiy Dimensity 800 protsessorining variantidir. Uning tarkibiga 2,4 GGs chastotali ikkita Arm Cortex-A76 hamda oltita Arm Cortex-A55 yadrosi, shuningdek Arm Mali-G57 grafik tezlatgichi kiradi.

Standart model – Realme X7 ushbu chipsetdan tashqari Samsung tomonidan ishlangan AMOLED-ekran bilan ta’minlangan. O‘lchami diagonaliga 6,4 dyuym bo‘lgan displey Full HD formatida tasvir uzata oladi. Uning yuqori chap burchagidagi tirqishga 32 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan. Smartfonning bosh kamerasi esa 64 + 8 + 2 + 2 megapiksellik modullarni o‘z ichiga olgan. Gadjetning akkumulyatori 4300 mA/soatlik bo‘lib, 65 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

Realme X7 Pro esa o‘lchami 6,55 dyuymlik, aniqligi 2400x1080 piksellik ekranga ega; u 120 gerslik chastotada yangilana oladi va smartfon old yuzasining 91,6% qismini egallagan. Mazkur qurilmaning asosiy va old kameralari ham xuddi oddiy sherigidagi kabi bo‘lib, har ikkalasida ham optik zum yo‘q. Realme X7 Pro akkumulyatorining tok sig‘imi – 4500 mA/soat, zaryadlanish quvvati esa sherigidagi kabi – 65 vattlik.

Standart modelning vazni 175 grammga teng, Pro-versiya esa sal salmoqli – 184 gramm keladi. Realme X7 Pro korpusining qalinligi 8,51 mm bo‘lsa, oddiy Realme X7 modelida bu ko‘rsatkich 8,1 millimetrni tashkil etadi.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng zo‘r hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Narxlariga keladigan bo‘lsak, tezkor/doimiy xotira hajmiga qarab quyidagicha:

Realme X7 modeli:

6/128 GB – $265;

8/128 GB – $350.

Realme X7 Pro modeli:

6/128 GB – $320;

8/128 GB – $350;

8/256 GB – $470.

Realme har ikkala smartfon uchun o‘z yurtida allaqachon avvaldan buyurtma ola boshlagan; ochiq savdoga esa ular 7 sentyabrdan chiqadi.

O‘QING: Atigi 128 dollarga uch kamerali, 6000mAh batareyali va o‘yinbop protsessorli smartfon chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.