realme X7 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme X7 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme X7 Pro 2020 yilning sentabr oyida taqdim etilgan edi. Biroq qurilma avvaliga faqat Xitoy bozorlarida mavjud edi. Yilning oxirlariga borib, smartfon Tailand va Tayvan bozorlarida ham sotila boshladi.

Yaqinda realme X7 Pro Hindiston bozoriga ham kirib keldi va bundan xulosa qilish mumkinki, qurilma asta-sekinlik bilan dunyoning boshqa nuqtalarida ham sotila boshlaydi.

O‘QING: realme 7 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

X7 Pro'ni o‘rta toifaning yuqori qismiga mansub bo‘lgan smartfon desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qurilmaga yuqori darajadagi Mediatek Dimensity 1000+ chipi o‘rnatilgan bo‘lib, chip yuqori unumdorlik va 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Devaysga 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi, 6.55 dyuymlik Super AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Bundan tashqari, devays 65 vattlik tezkor zaryadlanishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Telefoto kamerasi yo‘qligi sabab smartfonni flagmanlar qatoriga qo‘shmaslik mumkin. Biroq 64MP asosiy kamera va ultrakeng burchakli kamera, shuningdek, 32MP selfi kameraga ega bo‘lgan X7 Pro flagmanlardan qolishmaydi.

realme X7 Pro’ning texnik jihatlari:

> Korpus: 160.8x75.1x8.5 mm, 184g.

> Displey: 6.55“ Super AMOLED displeyi, 120Hz yangilanish chastotasi, 20:9 forma faktori, 402 piksel/dyuym zichlik.

> Chip: Mediatek MT6889Z Dimensity 1000+ (7 nm): sakkiz yadroli (4x2.6 GHz Cortex-A77 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G77 MC9 garfik Prosessori.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB; UFS 2.1

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, realme UI

> Kamera: •64MP asosiy kamera f/1.8; •8MP ultrakeng f/2.3, •2MP makro f/2.4, 2MP f/2.4 sath kamera.

> Selfi kamera: 32MP f/2.5

> Video yozuv: •Asosiy kamera: 4K 30/60 kadr/sek., 1080p 30/60/120 kadr/sek., •Old kamera: 1080p 30/120 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4500 mAs; 65 Vt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 100% 35 daqiqada - Xitoy/Osiyo modellarida, 50 Vt tezkor quvvatlanish imkoniyati Tayvan/Yevropa modellarida .

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik), NFC, stereo karnay.

 Qadoq tarkibi

Qurilma qutisi oq rangda. Quti ichida esa biz bilgan komponentlar: 65 vattlik quvvatlash adapteri (ba’zi hudud bozorlari uchun 50 vatt bo‘lishi mumkin), USB Type-C kabeli hamda 3.5 mmlik audio jek uchun adapterlar bor. Shuningdek, qurilmani himoyalash uchun silikon g‘ilof ham qutidan o‘rin olgan.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.