Realme yana bir arzon smartfon chiqardi: 90Hz ekran, 6/128GB xotira va 5000 mAh batareyali!

  •   DiMaX
  •  2116
  •  21.09.2020 12:59

Realme yana bir arzon smartfon chiqardi: 90Hz ekran, 6/128GB xotira va 5000 mAh batareyali!

Oppo kompaniyasining arzonchi subbrendi avvalroq 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega Realme C15 smartfonini chiqargan edi. Keyin kompaniya undan ham arzon yana bitta – Realme C12 modelini taqdim etgan bo‘lsa, endi mazkur turkumning kuchliroq vakilini namoyish qildi.

O‘QING: Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu global reytingi, 2020 yil avgust)

Bugun – 21 sentyabr kuni jahon bozoriga mo‘ljallangan Realme C17 smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Uni ertagayoq Bangladeshda sota boshlashadi, keyinroq esa qurilma boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqadi. Oppo mazkur smartfoni uchun 160 yevro miqdorida narx belgilagan.

Realme C17 apparat ta’minoti asosini Snapdragon 460 protsessori tashkil etadi, uni 6/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlashgan. Smartfonga o‘lchami diagonaliga 6,5 dyuymlik IPS-ekran o‘rnatishgan. Displeyda kadr yangilanish chastotasi 90 gersga teng bo‘lib, tasvir aniqligi 720x1600 pikselni tashkil etadi, maksimal yorqinligi esa 600 kd/m2.

Yangi smartfonning orqa panelida daktiloskopik datchik hamda kvadrokamera joylashgan, u 13 + 8 + 2 + 2 megapiksellik modullarni o‘zida jamlagan. Ekranning tirqishidagi selfi-kamera esa 8 MPlik aniqlikka ega bo‘lib, unda turli byutifikatorlarni o‘z ichiga oluvchi portret rejimi ham mavjud.

Realme C17 akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatni tashkil etadi va 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Ayni shunday zaryadchik smartfonning standart jamlanmasiga kiritilgan.

O‘QING: Hamyonbop Realme 7i taqdim etildi: 90Hz ekran, 8GB «operativka», Qualcomm chipi (+anboksing videosi)