Realme yangi – Dizo brendi ostida 17 va 24 dollarlik telefonlarini sotuvga chiqardi

  •   DiMaX
  •  625
  •  05.07.2021 16:08

Realme yangi – Dizo brendi ostida 17 va 24 dollarlik telefonlarini sotuvga chiqardi

Oppo korporatsiyasining subbrendi sifatida ish boshlagan Realme kompaniyasi hozirda dunyo bo‘yicha eng tez o‘sib kelayotgan smartfonsoz hisoblanadi. Yaqindagina u atigi 95 dollarlik 5G-smartfonni rasman e’lon qilgan edi.

O‘QING: Uyingizda hatto 5G baza stansiyasidan ham ko‘proq nurlanish taratuvchi jihozlar bor!

Mazkur ishlab chiqaruvchi endi Dizo brendiga asos soldi va uning ilk ikkita vakili – Dizo Star 300 hamda Dizo Star 500 rusumli tugmachali telefonlarini namoyish qildi.

Dizo Star 300 modeli 1,77 dyuymlik displey hamda 2550 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Dizo Star 500 telefonining ekrani 2,8 dyuymlik bo‘lsa, akkumulyatori 1900 mA/soatlik. Ularning ikkalasi ham 5 vattlik usulda quvvat oladi.

O‘QING: Atigi 32 dollarlik bu tugmachali 4G-telefon Wi-Fi ham tarqata oladi!

Star 300 orqa panelida to‘rtburchak shakldagi kamera blogi joylashgan va 0,3 megapiksellik sensor bilan LED-chaqnoqni o‘z ichiga oladi.

Realme ushbu mahsulotini Hindistonda 17 AQSh dollariga teng narxda savdoga chiqargan.

O‘QING: Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

Dizo Star 500 modelining kamerasi ham xususiyatlariga ko‘ra sheriginiki bilan bir xil, faqat unda kamera blogi doira shaklida. Realme uni «Fillar o‘lkasi»da 24 dollarga teng narxda taklif etmoqda.

Har ikkala telefon ham 2G tarmoqlarida ishlovchi ikkita SIM-karta slotiga ega. Gadjetlar korpusida 3,5 millimetrlik audiotirqish hamda microUSB porti, yana 64 gigabaytgacha hajmli MicroSD-karta uyachasi ham mavjud.

Dizo Star 300 hamda Dizo Star 500 modellarida Bluetooth moduli, budilnik, kalendar, diktofon, fayl menejeri, FM-radio hamda musiqiy pleyer bor. Har ikkalasi ham 32 megabaytlik tezkor va yana shuncha hajmli ichki xotira bilan ta’minlangan.

O‘QING: Tugmachali telefonlar bozori: Nokia ikkinchi o‘rinda, unda yetakchi kim?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.