realme yangi flagman smartfonni namoyish etmoqchi

realme yangi flagman smartfonni namoyish etmoqchi

O‘tgan oy realme vitse-prezidenti Madxav Shet o‘z intervyusida kompaniya GT seriyadagi yangi flagman smartfonni taqdim etmoqchi ekanligini aytib o‘tgan edi. 

Xitoydan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi GT 2 Pro (RMX3301) qurilmasi 125 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan birinchi realme smartfoni bo‘ladi. 

Smartfon Qualcomm'ning yangi Snapdragon 8 Gen 1 (Snapdragon 898) chipiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, u Android 12'ga asoslangan realme UI 3.0 operatsion tizimida ishlaydi hamda LPDDR5 tezkor xotira va UFS 3.1 xotira turini qo‘llab-quvvatlaydi. 

realme GT 2 Pro qurilmasiga 6.51 dyuymli FullHD+ AMOLED displeyi o‘rnatiladi. Ushbu displey 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlashi aytilmoqda. Hozircha smartfonning akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi aniq emas. 

Kamera haqida ma’lumot berar ekanmiz, qurilma 32MP selfi kamera, optik surat barqarorlashtirgich texnologiyasiga ega bo‘lgan 50MP asosiy kameraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, smartfonga ultrakeng hamda telefoto kameralari o‘rnatiladi.

GT 2 Pro taxmin 625 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Motorola beshta yangi smartfonni taqdim etdi