Realme yangi turkumdagi arzon smartfonlar taqdimotini bekor qildi

  •   DiMaX
  •  465
  •  25.03.2020 16:11

Realme yangi turkumdagi arzon smartfonlar taqdimotini bekor qildi

Yaqindagina biz Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi yangi – Narzo turkumida smartfonlar tayyorlagani haqida yozgan edik. Keyinroq esa ularning nomi va taqdimot kuni ham rasman e’lon qilingan.

O‘QING: Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

Rasmiy e’longa ko‘ra, Narzo 10 hamda Narzo 10A smartfonlarining taqdimoti 26 mart kuni Hindistonda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo bugun – 26 mart kuni Realme brendi yetakchisi Madhav Shet (Madhav Sheth) ushbu tadbirning kechiktirilganligini e’lon qildi.

Gap shundaki, koronavirus pandemiyasi tufayli «Fillar o‘lkasi»da kecha – 24 martdan karantin e’lon qilingan. Shu boisdan Realme rahbariyati yaqin oradagi barcha tadbirlarni, shu jumladan Narzo smartfonlari taqdimotini ham keyinroqqa qoldirishga qaror qilgan. Endi ularning qachon namoyish etilishi ham noma’lum.

Mish-mishlarga ko‘ra, Narzo 10 modeli Poco X2 (yoki Pocophone X2) devaysiga raqobatchi bo‘ladi. Umuman olganda, Realme kompaniyasi Narzo seriyasidagi smartfonlari yordamida Xiaomi korporatsiyasining Redmi hamda Poco (POCOPHONE) kabi arzonchi brendlariga qarshi raqobatni kuchaytirishni ko‘zlagan. Ushbu kutilayotgan qurilmalar uchun 200 dollar atrofidagi narx belgilanishi aytilmoqda.

O‘QING: 180 dollarga «beli baquvvat», 48 MP kamerali «to‘rtko‘z» smartfon chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!