Realme'ning Coca-Cola smartfoni qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Realme'ning Coca-Cola smartfoni qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Realme kompaniyasi Coca-Cola bilan hamkorlikda yangi smartfon chiqarish arafasida. Buni kompaniyaning o'zi Twitter'da tarqatilgan Coca-Cola renderlaridan bir necha kun o'tgach tasdiqlagan edi.

Realme veb-saytida Coca-Cola nomi bilan chiqariladigan smartfon Realme 10 Pro 5G ekanligi va u 10-fevral kuni taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, sahifada bo'lajak smartfonning surati ham paydo bo'ldi.

Suratdan ko'rish mumkinki, smartfon kamera orolidan tortib toki uning pastigacha qora liniya, orqa tomonning qolgan qismiga esa qizil fonda oq Coca-Cola logotipi tushirilgan.

Mish-mishlarga ko'ra, Coca-Cola smartfon oddiy Realme 10 Pro texnik xususiyatlariga ega bo'ladi, ya'ni: 120 gerts yangilanish tezligiga ega 6.72 dyuymli IPS LCD FHD+ displey, Snapdragon 695, 6 yoki 8 GB LPDDR4x operativ va 128 GB UFS 2.2 xotira (microSD sloti bilan), Android 13'ga asoslangan Realme UI 4.0, xavfsizlik uchun qurilma yon tomonida joylashgan barmoq izi skaneri, 16 MP selfi, 108 MP asosiy va unga qo'shimcha 2MP kamera.

O'QING: Apex Legends'ning mobil o‘yini yopilmoqda