Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  2136
  •  30.09.2020 13:56

Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Oppo komrporatsiyasining arzonchi subbrendi shu haftaning boshida atigi 116 dollardan boshlanuvchi o‘yinbop smartfonlarini chiqargan edi. Realme Narzo 20, Narzo 20A hamda Narzo 20 Pro rusumli ushbu qurilmalardan so‘ng Realme o‘zining ekranosti kamerali smartfonini ham ko‘rsatgan.

O‘QING: Hamyonbop Realme 7i taqdim etildi: 90Hz ekran, 8GB «operativka», Qualcomm chipi (+anboksing videosi)

Mazkur brendning Realme Q smartfoni joriy yilning mart oyida AnTuTu benchmarkining eng zo‘r hamyonbop smartfonlar global reytingiga kirgan edi. Kompaniya endi uning davomchisi – Realme Q2 modelini ham tayyorladi.

Mish-mishlarga qaraganda, xitoyliklar ushbu smartfonni 13 oktyabrda taqdim etishlari kerak. Hozircha esa uning ommabop AnTuTu servisida tekshirib ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, Realme Q2 ushbu testda salkam 520 ming ballik natija ko‘rsatgan, bunisi esa tahsinga loyiq! Zero, AnTuTu’ning avgust oyidagi xitoycha reytingida eng zo‘r flagmanlar 595 mingdan to 646 ming ballgacha olgan, global reytingida dunyodagi eng qudratli smartfonlar esa 515 – 615 ming ball orasida natija ko‘rsatgan edi.

Tasavvur qilyapsizmi – o‘rta narx toifasida taqdim etilishi kutilayotgan Realme Q2 smartfoni hattoki Samsung kompaniyasining jahondagi eng kuchli telefonlar o‘ntaligiga kirgan Galaxy S20 Ultra hamda Galaxy S20+ flagmanlaridan yuqori ball to‘plagan!

O‘QING: Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Realme Q2 smartfoni diagonaliga 6,4 dyuymlik AMOLED-ekran bilan ta’minlangan. Displeyda tasvir aniqligi FullHD+ formatida bo‘lib, daktiloskop ham unga integratsiya qilingan.

Kutilayotgan smartfonning bosh kamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik, selfi-kamera sensori esa 16 megapiksellik bo‘lishini, akkumulyatori 65 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat olishini aytishmoqda.

Realme bu smartfonini 6/8 gigabaytlik tezkor hamda 128/256 gigabaytlik ichki xotirali variantlarda taklif etadi. Lekin uning narxi ham, taqdimot kuni va sotuvga chiqish sanasi ham hozircha rasman ma’lum qilinmayapti.

O‘QING: O‘z egasini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!