Realme'ning yangi tizer videosi Coca-Cola bilan hamkorlikka ishora qiladi

Realme'ning yangi tizer videosi Coca-Cola bilan hamkorlikka ishora qiladi

Yaqinda Twitter ijtimoiy tarmog'ida paydo bo'lgan Coca-Cola smartfoni renderi texnologiya ishqibozlari o'rtasida keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Shuni aytish kerakki, deyarli butun dunyoga tanilgan gazli ichimlik qanchalik mazali bo'lmasin, uning kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishga mutlaqo begona. Bu borada esa unga Realme yordamga kelishi mumkin.

Realme kompaniyasining Hindistondagi bo'limi o'zining rasmiy Twitter sahifasiga yangi tizer postni joyladi. "realme'da nimadir vishilamoqda" deyiladi unda. Shuningdek, ulashilgan qisqa videoda gazli ichimlik fonida smartfon shaklidagi narsa chiqishini ko'rishingiz mumkin. Qolaversa, realme kompaniyasi rahbari Madxav Shet ham o'zining Twitter sahifasida Realme 10 smartfonining shisha oynasida Coca-Cola aksi ko'ringan suratni joyladi.

Avval tarqatilgan Cola smartfoni ham realme kompaniyasining realme 10 smartfoni bilan deyarli bir xil ekanligi bilan ushbu postlarni birlashtirgan holda shuni aniq aytish mumkinki, realme kompaniyasi Coca-Cola brendi bilan hamkorlikda o'zining yangi smartfonini chiqarishga tayyorlanmoqda.

Tizer surat realme'ning Hindistondagi bo'limi tomonidan joylanganligidan Cola smartfoni shu mamlakatda taqdim qilinishini bilib olish mumkin. Tizer post tarqatish boshlangan ekan smartfon tez kunlarda chiqarilishi aniq.

O'QING: O‘zbekistonda qaysi Realme smartfonlarini sotib olish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.