RedMagic 7 Pro global bozorga chiqarildi

RedMagic 7 Pro global bozorga chiqarildi

Nubia kompaniyasi o‘zining RedMagic 7 va RedMagic 7 Pro geyming smartfonlarini shu yilning fevral oyida Xitoy bozori uchun sotuvga chiqargan chiqargan edi. Endilikda kompaniya RedMagic 7 Pro smartfonining global versiyasini taqdim qildi. Mahsulotning dunyo bozoriga chiqarilgan versiyasi Xitoy bozori uchun chiqarilgan 135W tezlikda quvvatlanadigan versiyasidan faqat 65W tezlikda quvvatlanishi bilan farq qiladi.

RedMagic 7 Pro o‘zining raqiblaridan 6.8 dyuymli FHD+, 120Hz, AMOLED turidagi hech qanday tirqishlari bo‘lmagan va barmoq izini aniqlash sensoriga ega old ekrani borligi bilan ajralib turadi. Albatta, smartfon yashirin old kameraga ega va u 16MP sensor bilan ta’minlangan. Orqa tomonidagi uchlik kamera sensorlari esa 64, 8 va 2 megapikselni tashkil qiladi. Qurilma o‘lchami bo‘yiga 166.27 mm, eniga 77.1 mm, qalinligi ko‘ra esa 9.98 mm bo‘lib, og‘irligi 235 gramm keladi.

Kapot ostida ikkita chipsetga ega: Snapdragon 8 Gen 1 asosiy amallarni bajarsa, qo‘shimcha o‘rnatilgan Red Core 1 chipi ovoz, RGB chiroqlar va boshqa mayda ishlar uchun mo‘ljallangan. Smartfon Android 12 ga asoslangan RedMagic 5.0 operatsion tizimida ishlaydi. U geyming uchun mo‘ljallangan va albatta uning qizib ketishi hisobga olingan holda unga to‘qqiz xil issiqlikni tarqatuvchi qatlamlar va 20,000 rpm tezlikda ishlovchi turbofen o‘rnatilgan.

Operativ 16GB va doimiy 256/512GB xotirali smartfon 5000 mAh batareya sig‘imiga ega bo‘lib, yuqorida aytilganidek global versiya 65W tezlikda USB-C kabelidan zaryadlanadi. Unga ikkita SIM karta solish mumkin va u 5G ni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda bugungi kunda ko‘plab yangi smartfonlarda yo‘qolib borayotgan 3.5 millimetrlik simli naushnik uchun uya va qutisida quvvatlagich adapteri bor.

RedMagic 7 Pro smartfonining RGB chiroqlariga ega, 16/256GB xotirali Obsidian modeli $799, orqasi shaffof ko‘rinishda bo‘lgan 16/512GB xotirali Supernova modeli esa $899 narxda 22-apreldan boshlab jahon bozoriga chiqariladi.

O‘QING: Vivo o‘zining ilk planshetini chiqardi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!