Redmi 10 (2022) GeekBench'da testdan o‘tdi

Redmi 10 (2022) GeekBench'da testdan o‘tdi

Xiaomi kompaniyasi Redmi 10 smartfonining 2022-yilgi versiyasini taqdim etadi. Bir necha oy avval tasdiqlanmagan xabarda ushbu smartfon 50MP asosiy hamda 8MP ultrakeng kamera bilan jihozlanishi aytilgan edi. 

Qurilma MediaTek MT6769H bilan jihozlangan bo‘lib, 21121119VL model raqami bilan GeekBench'ning ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. 

O‘tgan yilgi model kabi yangi model ham Helio G88 chipi bilan jihozlangan. Test natijalariga ko‘ra, smartfon bir yadroli testda 367 ball, ko‘p yadroli testda esa 1253 ballni qo‘lga kiritdi. Unumdorlik bo‘yicha natijalar avvalgi smartfon qayt etgan natija bilan deyarli bir xil. 

GeekBench smartfon Android 11 operatsion tizimida ishlashini ko‘rsatib berdi. Biroq u qaysi grafik qobig‘da ishlashiga oydinlik kiritilmagan. Shuningdek, benchmarkdagi smarfon 4GB tezkor xotira bilan jihozlangan bo‘lgan. 

Avvalroq EU sertifikatlash jarayonida qurilma 18 vattda quvvat oluvchi 4,900 mAs akkumulyator bilan jihozlanganligi ma’lum bo‘lgan edi. 

O‘QING: Internetda yangi Xiaomi smartfonining surati paydo bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.