Redmi 10 (2022) taqdim etildi

Redmi 10 (2022) taqdim etildi

Xiaomi xalqaro bozor uchun mo‘ljallangan Redmi 10 (2022) smartfonini taqdim etdi. Qurilma byudjet sinfiga kiruvchi smartfon bo‘lib, uning maksimal xotirasi 4/128GB tashkil qiladi. 

Redmi 10 2022 modeliga 90Hz yangilanish chastotasida ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli IPS LCD displeyi o‘rnatilgan. Displey joriy kontentga qarab 45/60/90Hz chastotalarda ishlashi mumkin. Ekranni Gorilla Glass 3 shishasi himoyalab turadi. Barmoq izi skaneri qurilmaning yon tomonidan o‘rin olgan. 

Smartfon MediaTek Helio G88 chipi bilan jihozlangan. Shuningdek, unga 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera, 2MP sath kamera va 8MP selfi kamera o‘rnatilgan. 

Akkumulyator quvvati 5,000 mAs bo‘lib, u 18 vattda quvvat oladi. Qurilma NFC, infraqizil port hamda stereo dinamiklarga ega. Smartfon Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12.5 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Redmi 10 2022 qurilmasining o‘lchamlari  161,95 x 75,53 x 8,92 mm, og‘irligi esa 181 grammni tashkil qiladi. Uning uchta rang mavjud: oq, kulrang va ko‘k. Narxlar hali e’lon qilinmagan, ammo yangi modelning narxi hozirgi Redmi 10 bilan bir xil bo‘lishi aniq.

O‘QING: Eng kuchli o‘rta toifadagi Android smartfonlar reytingi (AnTuTu) 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!