Redmi 10A smartfoni sotuvga chiqmoqda

Redmi 10A smartfoni sotuvga chiqmoqda

Redmi 10 seriyasi 2020-yilda taqdim etilgan edi. Ushbu seriyaning eng oxirgi vakili 2022-yilda taqdim etiladi. 

Xiaomi 220233L2C deb nomlangan yangi qurilma Geekbench 4 ro‘yxatida paydo bo‘ldi, GeekBench uning ba’zi asosiy jihatlarini oshkor qildi. 

Bu 220233L2G model raqami bilan IMEI ma’lumotlar bazasi ro‘yxatida paydo bo‘lgan yangi Redmi 10A modelining Xitoy versiyasi bo‘lishi kerak. 

Smartfon MediaTek Helio G25 chipi bilan jihozlangan. U 4GB tezkor xotiraga ega bo‘lib, Android 11 operatsion tizimida ishlaydi. Bir yadroli testda qurilma 791 ball, ko‘p yadroli testda esa 3630 ballni qo‘lga kiritgan. 

Shuningdek, 220233L2G model raqamidagi global Redmi 10A qurilmasi FCC ma’lumot bazasida paydo bo‘ldi. Smartfonning 2/32GB, 3/32GB, 3/64GB hamda 4/128GB xotiraga ega bo‘lgan turlari sotuvga chiqadi. 

Qurilma Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12.5 grafik qobig‘ida ishlaydi. U 13MP asosiy va 2MP qo‘shimcha kameraga ega bo‘ladi. 

O‘QING: Redmi Note 11 hamda Note 11S smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.