Redmi 10X 5G taqdim etildi – narx va xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz

  •   DiMaX
  •  6891
  •  26.05.2020 13:11

Redmi 10X 5G taqdim etildi – narx va xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi, nihoyat, Redmi 10X 5G modelini namoyish qildi. U yaqinda rasman taqdim etilgan protsessor – Dimensity 820 bazasidagi birinchi smartfondir.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Dimensity 820 chipseti AnTuTu benchmarkida 415 ming balldan oshiq natija ko‘rsatib, Kirin 980 protsessorini ortda qoldirgan, o‘tgan yilgi flagman – Snapdragon 855 chipsetiga yaqinlashib qolgan.

Redmi 10X modelida barqaror aloqani ta’minlovchi eng yangi texnologiyalar, masalan – 5G hamda Wi-Fi tarmoqlarining biridan ikkinchisiga aqlli tarzda o‘tuvchi Smart Switch qo‘llangan.

Smartfonning 48 megapiksellik sosiy sensorga ega kvadrokamerasi tasvirni optik barqarorlashtirish tizimi hamda eksklyuziv rejimlar bilan jihozlangan. Selfi-kamera esa 16 megapiksellik yakka datchikdan iborat.

Shuningdek, Redmi 10X standart quloqchin tirqishi hamda zamonaviy USB-S porti bilan ta’minlangan. Qurilmaning korpusi IP53 darajasidagi himoyaga ega, ya’ni uning ichiga ozroq chang kirishi mumkin, ammo bu uning ishiga halal bera olmaydi.

Redmi 10X diagonaliga 6,57 dyuymga teng bo‘lgan, Samsung ishlab chiqargan Super AMOLED ekranga ega. Full HD+ formatli displey HDR10+ sifatida tasvir uzatish qobiliyatiga hamda DC Dimming funksiyasiga ega, yorqinligi esa 800 kd/m2 ni tashkil etadi. Ekranning sensor qatlami 180 gerslik chastotada yangilanadi, daktiloskop ham displeyning o‘ziga integratsiya qilingan.

Xiaomi bu smartfonini MIUI 12 grafik qobig‘i hamda o‘yinbop texnologiyalar bilan taqdim etgan. Narxlariga kelsak, 6/64 GB xotirali Redmi 10X uchun 224 224 dollar, 8/256 gigabaytligi uchun esa 336 dollar so‘rashyapti.

O‘QING: Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!