Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

  •   DiMaX
  •  3502
  •  22.10.2020 12:18

Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

Xiaomi kompaniyasi shu yilning may oyida Redmi 10X 5G modelini namoyish qilgan edi. AnTuTu benchmarkining o‘rta narxli smartfonlar avgust reytingida u yetakchi bo‘lgan, iyul reytingi va sentyabr reytingida esa ikkinchi o‘rinlarni olgan.

O‘QING: Atigi 148 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Realme Q2, Q2 Pro hamda Q2i chiqdi!

MediaTek Dimensity 820 protsessorli mazkur qurilma eng arzon 5G-smartfonlardan biridir. Raqobat kuchaygani tufayli bo‘lsa kerak, Redmi o‘z yurtida uning narxini yanada pasaytirdi.

Kuni kecha kompaniya e’lon qilishicha, Redmi 10X modelining boshlang‘ich konfiguratsiyadagi, ya’ni 6/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti sotuvdan olingan. Lekin uning 6/128, 8/128 va 8/256 gigabaytlik variantlarini endi mos tarzda 225, 270 hamda 300 dollargacha arzonlashtirishgan. Savdoga ilk chiqqanida, ularning narxlari tegishlicha 270, 315 va 360 dollarga teng edi.

O‘QING: O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

Shu bilan birga, ko‘pdan beri kutilayotgan Redmi Note 10 rusumli smartfon haqida yangi ma’lumot chiqdi. Digital Chat Station nikli insayderning yozishicha, Xiaomi uni boshqacha nom bilan – Redmi Note X deb ataydi. Bu yerda devaysning nomidagi «X» aslida «10» sonining rim raqamlarida yozilishidir.

Bu devays yaqinda taqdim qilingan «yengillashtirilgan» flagman – Xiaomi Mi 10T Lite modelining rebrending qilingan, shu bilan birga yanada kuchaytirilgan varianti bo‘ladi. Aniqrog‘i, Redmi Note X bosh kamerasida asosiy datchik 108 megapiksellik bo‘lib, yana teleob’yektivli va makrokamera ham qo‘llanadi.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.