Redmi 10X Pro ham chiqdi: standart Redmi 10X’dan farqlari, narxlari va videosi!

  •   DiMaX
  •  6832
  •  26.05.2020 17:44

Redmi 10X Pro ham chiqdi: standart Redmi 10X’dan farqlari, narxlari va videosi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi Redmi 10X 5G smartfonini namoyish qilgani haqida yozgandik. Undan tashqari, umuman kutilmagan Redmi 10X Pro modeli ham taqdim etildi!

O‘QING: Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Redmi 10X Pro devaysining standart Redmi 10X smartfonidan farqlari quyidagilardan iborat:

  1. Redmi 10X akkumulyatori 22,5 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanadigan bo‘lsa, Pro-versiyada bu ko‘rsatkich 33 vattga yetkazilgan. Ilg‘or smartfonning batareyasi yarim soatda noldan 58 foizgacha to‘lishi mumkin.
  2. Standart modelning old kamerasi 16 megapiksellik bo‘lsa, Redmi 10X Pro selfi-kamerasi 20 megapiksellik.
  3. Faqat Redmi 10X Pro kamerasidagina 30 karralik zum mavjud.
  4. Kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli ham faqat Redmi 10X Pro versiyasida bor.

Boshqa barcha jihatlar Redmi 10X 5G hamda uning Pro-versiyasida bir xil.

O‘QING: Redmi K30i 5G namoyish qilindi – Snapdragon chipli eng arzon 5G-smartfon!

Quyida esa Redmi 10X Pro modeliga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videoni tomosha qilamiz:

Redmi 10X Pro modelining 8/128 gigabaytlik varianti 322 dollarga baholangan bo‘lsa, 8/256 gigabaytligi uchun 364 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!