Redmi 11 seriyasi qachon xalqaro bozor uchun sotuvga chiqadi?

Redmi 11 seriyasi qachon xalqaro bozor uchun sotuvga chiqadi?

Xiaomi o‘tgan oyda Redmi 11 seriyasini taqdim etgan edi. Smartfon hozirda Xitoyda sotilmoqda, biroq kompaniya xalqaro bozor uchun ushbu smartfonlarni haligacha sotuvga chiqarmadi.

So‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, Redmi 11 seriyasi xalqaro bozorga 2022-yilning birinchi choragidan boshlab sotuvga chiqariladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro bozor uchun smartfonlar Dimensity emas, balki Snapdragon chipi bilan jihozlandi hamda orqa panel dizayni o‘zgaradi. 

Avvalroq Redmi Note 11 smartfoni xalqaro bozor uchun Poco M4 Pro nomi ostida sotuvga chiqishi ma’lum bo‘lgandi. 

Shuningdek, Redmi Note 11 Pro'ning nomi Xiaomi 11i, Redmi Note 11 Pro+'ning nomi esa  Xiaomi 11i HyperCharge'ga o‘zgarishi kutilmoqda. 

O‘QING: Pixel 6 hamda Pixel 6 Pro smartfonlarida jiddiy muammo aniqlandi