Redmi 6A portlab ketishi natijasida hindistonlik ayol vafot etdi

Redmi 6A portlab ketishi natijasida hindistonlik ayol vafot etdi

Hindistonda Redmi 6A portlab ketdi. Bu haqda smartfon foydalanuvchisining yaqin odami, YouTuber & texnobloger, o'zining Twitter sahifasida xabar bermoqda. Uning so'zlariga ko'ra, xolasi 8-sentabr kuni, tunda, smartfon portlashi oqibatida vafot etgan holda topilgan. 

Ma'lum bo'lishicha, ayol odatda smartfondan faqat qo'ng'iroq qilish, YouTube ko'rish uchun foydalangan. Voqea sodir bo'lgan kuni esa smartfon yostiq tomonda, quvvatlashda qoldirilgan. Uning portlab ketishiga esa smartfon batareya sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.

"Brend mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak, telefon portladi va uning hayotini oldi.", - deydi bloger.

Xiaomi'ning Hindistondagi filiali voqeaga darhol javob qaytargan. Kompaniya mijozlar xavfsizligi eng muhimi ekanligi va bunday holatlarga o'ta jiddiy qaralishini aytib, jabrlangan oila bilan bog'lanishni, shu bilan birga, hodisa sabablarini aniqlashga harakat qilishlarini ma'lum qilgan.

"Biz ushbu qiyin paytda oila bilan birga turamiz va ularni har qanday yo'l bilan qo'llab-quvvatlashga umid qilamiz", - deydi Xiaomi.

Bundan avval ham boshqa xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchi brendlarning smartfonlari portlab ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Odatda bunday voqealarga smartfonning qizib ketishi sabab bo'ladi. Smartfon esa, ko'pincha, o'yin o'ynayotganda, quvvat olayotganda paytda qiziydi. 

Shuningdek, sir emaski, ko'pchilik uxlashdan oldin o'z smartfonini yon tomoniga, zaryadga qo'yib yotadi. Bu juda yomon odat, chunki, birinchidan smartfon quvvat olayotganda undan chiqadigan radiatsiya kuchayadi. Ikkinchidan esa, yuqorida aytganimizdek, smartfon harorati u quvvatlanayotganda ko'tariladi, ayniqsa, zaryadlash 0 dan boshlanganda va ayniqsa, Xitoy smartfonlarida. Radiatsiya sizning sog'ligingizga salbiy ta'sir qilsa, smartfon qizib ketishi oqibatida yong'in chiqishi yoki yuqoridagi kabi holatlar sodir bo'lishi mumkin.

O'QING: iPhone 14 Pro sotib olish uchun necha kun ishlash kerak?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!