Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3372
  •  31.07.2019 10:37

Redmi 7 Pro – kechagina taqdim etilgan baquvvat protsessorli ilk smartfonni avgustdayoq ko‘ramiz!

Aksariyat MediaTek chipsetlarining salbiy jihatlari – tarkibidagi grafik protsessorning zaifligi hamda o‘yinlarda yaxshi samaradorlik ko‘rsata olmasligidir. Biroq keyingi paytlarda kompaniya ushbu «tamg‘a»dan qutulishga harakat qilmoqda, jumladan, u yaqinda MediaTek Helio M70 5G protsessorini taqdim etgan. Shuningdek...

O‘QING: MediaTek allaqachon Snapdragon 855 Plus raqibi – Helio G90 flagmanini tayyorlamoqda!

Mazkur chipsoz kecha – 30 iyul kuni o‘yinbop qurilmalarga mo‘ljallangan Helio G90 hamda Helio G90T protsessorlarini namoyish qilgan. Ularning ikkalasi ham 12 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan bo‘lib, sakkiztadan: ikkita ARM Cortex-A76 hamda oltita Cortex-A55 yadrolariga ega. Grafik tezlatgich sifatida esa har ikkalovida ham Arm Mali-G76 3EEMC4 qo‘llangan.

Ikkala protsessorning o‘zaro farqi esa ishlash chastotasidadir: Helio G90 chipseti tarkibidagi ARM Cortex-A76 yadrolari maksimal 2,0 GGs chastotada ishlasa, Helio G90T modelida bu ko‘rsatkich 2,05 GGs.ga yetadi. Grafik chip borasida ham shunaqa – Helio G90T protsessorida 800 MGs, Helio G90 chipsetida esa – 720 MGs chastotali.

Ushbu mavzuda, eng arzon telefonlarning chiplari haqidagi maqolamizni mana bu, hamyonbop smartfonlarning protsessorlari to‘g‘risidagi maqolamizni mana bu, o‘rta narxli modellar chipsetlari xususidagi maqolamizni esa mana bu havolalar orqali o‘tib o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi

Mazkur taqdimotdan keyinoq Xiaomi vitse-prezidenti va Redmi brendi rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) dadil chiqish qildi. Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida u, kompaniya MediaTek Helio G90T bazasida yangi smartfon chiqarayotganini aytdi:

«Siz o‘yinlarga mo‘ljallangan yangi Helio G90T mobil platformasiga asoslangan Redmi smartfonining chiqishini kutyapsizmi?»

Mazkur ma’lumotni e’lon qilgan insayderga ko‘ra, bu yerda yaqin orada taqdim etiladigan Redmi 7 Pro modeli haqida gap ketayotir. Kuzatuvchilar uning shu avgustdayoq namoyish qilinishini aytishmoqda. Ayni paytgacha sotuvga chiqqan turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi kutilmaganda hamyonbop smartfonini yana 30 dollarga arzonlashtirdi!