Redmi 7 yoki Redmi Pro 2: Xiaomi bu yilgi ilk taqdimotini bugunoq o‘tkazyapti!

  •   DiMaX
  •  2890
  •  03.01.2019 09:38

Redmi 7 yoki Redmi Pro 2: Xiaomi bu yilgi ilk taqdimotini bugunoq o‘tkazyapti!

Xiaomi kompaniyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida yangi reklama posterini e’lon qildi. Unga ko‘ra, «xitoycha Apple» bugun – 3 yanvardayoq bu yilgi birinchi gadjetini namoyish etmoqchi.

O‘QING: QISQA VIDEO: 2018 yilda Xiaomi nimalarni taqdim etdi?

Posterda «Forever believe that good things are about to happen» shiori bitilgan, buni esa quyidagicha o‘girish mumkin: «Biror yaxshi voqea hoziroq yuz berishiga hamisha ishoning».

Xabarlarda ushbu taqdimot marosimi Pekin shahrida, mahalliy vaqt bilan soat o‘nda boshlanishi aytilmoqda. Ammo aynan nima namoyish etilishi aniq emas, bu borada faqat taxminlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, kompaniyaning hamyonbop smartfonlar turkumidagi yangi avlod – Redmi 7 modeli taqdim etiladi.

O‘QING: Xiaomi Redmi 7, Redmi 7A va Redmi 7 Pro allaqachon sertifikatlandi – ularning taqdimoti yaqin!

Ammo 2018 yilning dekabrida Xiaomi prezidenti Lin Bin (Lin Bin) noma’lum yangi smartfonning bir qismi – aynan 48 megapiksellik kamerasi ko‘rinib turgan suratini e’lon qilgandi.

Taxminlarga ko‘ra, bu Redmi Pro 2 modeli modeli bo‘ladi va bugungi marosimda aynan shu kamerofon namoyish qilinishi mumkin. «Teshik» ekranli eng arzon smartfon bo‘layotgan ushbu modelning «jonli» suratlarini ham chop etganmiz.

O‘QING: 290 dollarlik Redmi Pro 2 flagmani chiqyapti: 48 MPlik kamera va Snapdragon 675 chipli!

Shuningdek, uchinchi tur farazlarga ko‘ra, Xiaomi bugun hech qanaqa gadjet taqdim etmaydi, balki shu taqdimotning aniq vaqtinigina aytadi, xolos. Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

«Xitoycha Apple»ning hozirgacha jahon bozoriga taqdim etilgan bir qator smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!