Redmi 855’ning to‘liq xususiyatlari oshkor qilindi

Redmi  855’ning to‘liq xususiyatlari oshkor qilindi

Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Redmi flagmanining xususiyatlari aks etgan suratni ulashdi. Ushbu ma’lumot Redmi smartfoniga tegishli ekanligi aks etmagan bo‘lsa-da, post muallifining avvalgi tahminlari to‘g‘ri chiqqani tufayli xabarga ishonish mumkin.  

Shunday qilib, smartfon Snapdragon 855 platformasida yaratilgan, ammo bu allaqachon barchaga ma’lum. Aks holda qurilma Redmi 855 nomini olmagan bo‘lardi. Ekran diagonali 6,39 dyumni, aniqligi 2340 x 1080 pikselni tashkil qiladi. Smartfonga 8 GB operativ, 128 GB ichki xotira o‘rnatilgan. Uchtalik asosiy kamerasidan 48, 8, 13 megapiksel aniqligidagi datchiklar joy egallagan.

Yangi hamyonbop flagmanning namoyish sanasi haqida ma’lumot yo‘q, ammo katta ehtimol bilan may oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.  Eslatib o‘tamiz, smartfonning tashqi ko‘rinishi allaqachon ma’lum – yangi qurilma kecha Redmi brendi rahbari Lyu Veybingning qo‘lida suratga tushib qolgan.

O‘QING: «Jonli» rasm: SD 855 protsessorli Redmi 855 flagmani foydalanuvchi qo‘lida!