Redmi 855 taqdimoti e’lon qilindi va u samaradorlikda Xiaomi Mi 9’dan ustun!

  •   DiMaX
  •  1585
  •  01.05.2019 11:32

Redmi 855 taqdimoti e’lon qilindi va u samaradorlikda Xiaomi Mi 9’dan ustun!

Qualcomm kompaniyasining eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessoriga ega eng arzon flagman Redmi 855 bo‘lishi kutilmoqda. Biz uning foydalanuvchi qo‘lidagi suratini va hatto «jonli» videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Redmi 855’ning to‘liq xususiyatlari oshkor qilindi

Kuni kecha Xitoydagi ommabop Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xiaomi rahbarlari orasida bo‘lib o‘tgan ochiq yozishmada ushbu smartfonning yana bir jihatiga ishora qilindi. Xiaomi prezidenti unda AnTuTu servisi bo‘yicha smartfonlar samaradorlik reytingini e’lon qilgan – unda Mi 9 hamda Mi 9 Explorer Edition flagmanlari eng yuqori ikki o‘rinni band etgan. Shuningdek, u mazkur postida Redmi brendi rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing)ni ham chaqirgan va musobaqaga qo‘shilishga chorlagan. Veybing bunga javoban: «Biz tayyormiz» degan:

Shunga qaraganda, Redmi 855 flagmani ishlash samaradorligi bo‘yicha Mi 9 modellaridan qolishmaydigan bo‘ladi.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Bundan tashqari, avvalroq Weibo foydalanuvchilaridan biri Redmi 855 modelining orqa panelida barmoq izi skaneri bo‘lmasligiga umid bildirgan. Unga javoban Lyu Veybing, ekranga integratsiya qilinuvchi daktiloskopik datchik qimmat turishini yozgan. Redmi 855 esa eng kuchli chip bazasidagi eng arzon flagman bo‘lishga chog‘langan, demak, unda nisbatan arzon – odatiy barmoq izi sensori bo‘ladi.

Shunday bo‘lsa-da, Redmi 855 bir qator yangi va ilg‘or texnologiyalarga boy: korpus ichidan chiquvchi old kamera, 48 MPlik modulga ega bosh kamera, old panelni deyarli to‘liq egallagan romsiz ekran va NFC chipi shular jumlasidandir.

O‘QING: Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

Va nihoyat eng muhim ma’lumotlardan biri: hindistonlik insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) ushbu smartfonning namoyish kunini ham aytgan! Uning Twitter orqali e’lon qilinishicha, mazkur flagman 24 may kuni, Redmi Q nomi bilan taqdim etiladi.

Ko‘rib turganingizdek, hind insayderi bu modelning ayrim xususiyatlarini ham yozgan, ammo ularning haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishini rasmiy taqdimotda bilib olamiz. Ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 585 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!